Apple mukofotiga sazovor g‘oliblar – «iPhone’da suratga olingan» eng zo‘r rasmlar e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  2822
  •  27.02.2019 11:26

Apple mukofotiga sazovor g‘oliblar – «iPhone’da suratga olingan» eng zo‘r rasmlar e’lon qilindi!

Joriy yilning yanvar oyi oxirida Apple korporatsiyasi iPhone kamerasida olingan fotosuratlar tanlovini e’lon qilgan, lekin g‘oliblariga biror moddiy rag‘batlashtirish belgilanmagan edi. Shu bois tanqidlarga uchragan Apple keyin g‘oliblarni taqdirlaydigan bo‘lgandi.

O‘QING: 14 yashar o‘smirni Apple nega mukofotlayapti?

Kompaniya ushbu «iPhone’da suratga olingan» fototanlovining yakunlarini e’lon qildi. Unda minglab rasmlar orasidan eng yaxshi bo‘lgan o‘ntasi g‘olib sifatida e’tirof etildi.

G‘oliblarning mazkur suratlari Apple bannerlarida va boshqa turdagi reklama materiallarida qo‘llanadi. Buning evaziga #ShotOniPhone heshtegli rasmlar mualliflari haq olishadi, ammo gonorar miqdori ma’lum qilinmayapti.

G‘oliblar orasida nafaqat yangi modellardagi ayfonlar, balki hatto ikki yil avvalgi iPhone 7 kamerasida olingan suratlar ham bor ekan. Ularning barchasini yuqori sifatlarda tomosha qilish, shuningdek mualliflari haqida ma’lumot olish uchun mana bu havola orqali Apple rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Ham ayfon, ham aypad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlarda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!