Apple qancha chiranmasin, iPhone 12’lar taqdiri baribir Samsung’ga bog‘liq!

  •   DiMaX
  •  1031
  •  01.06.2020 16:04

Apple qancha chiranmasin, iPhone 12’lar taqdiri baribir Samsung’ga bog‘liq!

Kupertinolik korporatsiya iPhone 12 turkumidagi smartfonlarining narxlarini imkon qadar pastroq qilmoqchi. Ularning boshlang‘ich rusumdagisini hatto iPhone 11’dan ham arzon bo‘lishi uchun BOE Technology taqdim etgan arzonroq matritsa qo‘llanishi ham aytilgan.

O‘QING: Samsung Galaxy Note20'larning iPhone 12'larni yer tishlatadigan jihati nima bo‘lishini bilasizmi?

Lekin so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, o‘n ikkinchi avlod ayfonlar turkumi uchun displeylarning asosiy qismi – naq 80 foizini baribir Apple’ning «ashaddiy raqibi» – Samsung yetkazib berar ekan. Ekranlarning qolgan 20 foizigina LG hamda BOE kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri kelar ekan.

Shu tariqa, Apple qanchalik uringani bilan, baribir smartfon bozoridagi o‘z raqobatchisiga bog‘liq bo‘lib qolyapti. Umuman olganda, dunyo bo‘ylab juda ko‘p miqdorda iPhone’lar sotilayotganini hisobga olsak, ularga ekran yetkazib berishdek mas’uliyatli ishni qisqa muddatda boshqa displeysozga o‘tkazib ham bo‘lmaydi-da!

O‘QING: Apple’ning ziqnaligi avjiga chiqdi: u iPhone qadog‘idan muhim aksessuarni olib tashlayapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!