Apple Watch’dagi yangi funksiya 87 yashar ayolning hayotini saqlab qoldi

  •   DiMaX
  •  833
  •  27.06.2019 12:51

Apple Watch’dagi yangi funksiya 87 yashar ayolning hayotini saqlab qoldi

Turli fitnes-trekerlar, «aqlli» soatlar kishilarni o‘limdan saqlab qolishi, jinoyatlarni fosh etishda yordam berishi, hattoki xudkushning ayyorligini uning o‘limidan so‘ng aniqlab berishi kabi holatlar uchraydi. Kuni kecha AQShning Men shtatida yuz bergan voqea ham e’tiborga loyiq.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Kupertinolik korporatsiya smart-soatining so‘nggi – Apple Watch Series 4 modelida «Yiqilishni aniqlash» funksiyasi mavjud. 87 yashar Dotti Uayt avtohalokatga uchraganida ayni shu funksiya uning hayotini asrab qolishga yordam bergan.

Do‘kondan uyiga qaytayotgan onaxon avariyaga uchraganida, o‘sha vaqtning o‘zidayoq telefondan foydalanish imkoni bo‘lmagandi. Lekin uning bilagidagi Apple Watch soatining «Yiqilishni aniqlash» funksiyasi ishga tushib ketgan. Avtomobil bilan to‘qnashuvni u yiqilish sifatida baholab, qutqaruv xizmatiga hamda egasining farzandlariga xabar bergan.

O‘QING: Apple Watch’ning insultni to‘xtatishi isbotlandi

«Soat mening Floridadagi o‘g‘lim, Massachusets va Mendagi ikki qizimga xabar yuboribdi, – deydi Uayt xonim. – Shu sababli ular menga nimadir bo‘lgani hamda bu qayerda yuz berganini bilib olishgan».

Dotti Uaytning o‘g‘li onasining «aqlli» soatidan matnli xabar olgach, darrov singlisiga qo‘ng‘iroq qilib, ma’lumotlarni bergan, u esa tezda onasining oldiga yetib borgan. Bir necha joyidan sinish jarohati olgan kampirni tezda kasalxonaga eltishgan, u o‘z hayotini shu foydali devays saqlab qolganidan mamnun.

Aytish kerakki, xuddi mana shu Apple Watch Series 4 smart-soatini Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Atigi 30 dollarlik Lenovo Ego – himoyalangan va quvvati kamida 20 kunga yetuvchi smart-soat!