Apple yangi iPad va yangilangan iPadOS’ni taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  399
  •  11.09.2019 10:57

Apple yangi iPad va yangilangan iPadOS’ni taqdim etdi

Kecha – 10 sentyabr kuni Apple kuzgi taqdimot marosimni o‘tkazganidan xabaringiz bor, tadbir videosini mana bu yerda ko‘rish mumkin. Anjumanda korporatsiya bir qator yangi gadjetlarini va texnologiyalarini namoyish etdi.

O‘QING: Apple asoschisi o‘zining eng sevimli gadjetini aytdi – bu iPhone emas!

Ulardan birinchisi – yettinchi avlodga mansub ilk iPad planshetini Apple vitse-prezidenti Greg Yosviak taqdim etdi. 10,2 dyuymlik Retina displeyi hamda A10 Fusion protsessori bilan jihozlangan ushbu qurilma aqlli klaviaturani qo‘llab-quvvatlaydi.

Kompaniya ta’kidlashicha, ilk bor iPad korpusi 100% qayta ishlangan alyuminiydan yasalgan. Uning narxi 329 AQSh dollarini tashkil etadi.

O‘QING: «Qotib» ishlayotgan iPhone yoki iPad tezkor xotirasini tozalashning eng oddiy va samarali usuli

Bundan tashqari, Apple avvalroq o‘z planshetlari uchun alohida iPadOS operatsion tizimini taqdim etganidan xabaringiz bor, uni qabul qiluvchi modellar hamda yangilash usulini mana bu maqolamizda ko‘rsatganmiz. Kechagi matbuot anjumanida kompaniya ushbu tizimning yangilanganini e’lon qilib, uning imkoniyatlarini namoyish etib berdi.

iPadOS tizimida bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovani ishga tushirishning yangi usullari joriy etilgan. Shuningdek, «tishlangan olmali» planshetlar endi (tegishli portlari mavjud bo‘lsa) USB-saqlagichlarni ham, SD-kartalarni ham o‘qiydigan bo‘ladi! Yana bir yangi funksiya – fotosuratlarni bir lahzadayoq Adobe Lightroom’ga import qilish mumkin, bunda Photos ilovasini ochishga zarurat bo‘lmaydi.

Operatsion tizimdagi Files ilovasi ham qayta ishlangan: Apple unda navigatsiyani hamda turli elementlarning boshqarilishini soddalashtirgan. Shuningdek, Safari brauzeri yangilangan – endi u turli saytlarning planshet versiyasini avtomatik tarzda yuklaydi.

Umuman olganda, yangilangan iPadOS tizimi planshetlar turkumining iPhone’ga bog‘liqligini kamaytirgan va samaradorligini oshirgan. Yangi iPad’lar O‘zbekiston bozoriga qachon yetib kelishi noma’lum, ammo oldingi rusumlardagi ikkita Apple planshetini Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: iPhone va iPad’lardagi YouTube ilovasida reklamadan qutulishning bepul usuli

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.