Apple’dan avval unikal iPhone 12 Pro’larni taqdim etishdi – donasi 4990 dollardan 5450 dollargacha! (+video)

  •   DiMaX
  •  1054
  •  10.08.2020 16:16

Apple’dan avval unikal iPhone 12 Pro’larni taqdim etishdi – donasi 4990 dollardan 5450 dollargacha! (+video)

iPhone 12 turkumidagi smartfonlarining bu yil kechroq chiqishini Apple rasman tan olgan. Ilg‘or texnologik mahsulotlarning lyuks-versiyalarini ishlab chiquvchi Caviar brendi esa allaqachon ularning eksklyuziv versiyalarini taklif etmoqda!

O‘QING: Apple taqdim etib ulgurmagan iPhone 12’larni allaqachon Caviar sotyapti – bittasi $24 540 gacha narxda!

Caviar kompaniyasi endi Ilon Mask hamda uning SpaceX loyihasiga bag‘ishlangan iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max smartfonlarini namoyish qildi. «Musk be on Mars» deb nomlanuvchi ushbu seriya devayslari cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi.

iPhone 12 Pro Musk be on Mars smartfonlarining orqa panelida mazkur seriya nomidan tashqari, tadbirkorning to‘liq ismi va imzosi tushirilgan. Caviar bu smartfonlarning har bir donasi orqa paneliga haqiqiy Dragon fazo kemasining parchasini ham qadagan!

Shuningdek, ayfonlar orqa panelida SpaceX Dragon raketasining parvozi bo‘rtma rasm tarzida aks ettirilgan:

iPhone 12 Pro Musk be on Mars korpusi titandan ishlangan, releflar esa metallga lazerli gravirovka usulida tushirilgan. Smartfonlardan atigi 19 dona ishlab chiqariladi va ulardan har biriga o‘zining betakror raqami beriladi.

O‘QING: O‘QING: Marsga parvoz sari ilk qadam: SpaceX ikki fazogirni uchirdi!

iPhone 12 Pro Musk be on Mars modelining 128 gigabaytlik doimiy xotirali varianti 4990 dollar turadi. Mazkur seriyadagi iPhone 12 Pro Max narxi esa 5450 dollarga baholangan.

Quyida mazkur turkumga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhani ko‘ramiz:

Rolikda ko‘rganingizdek, Caviar kompaniyasi yana shu mavzudagi Nike Air Force 1 krossovkasini ham taqdim etgan. Mars havaskorlari va Mask muxlislari uning bir juftini 1380 dollarga olishlari mumkin.

O‘QING: Putin «Rossiyalik Ilon Mask»ni e’lon qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!