Atigi 128 dollarga uch kamerali, 6000mAh batareyali va o‘yinbop protsessorli smartfon chiqdi!
Oppo kompaniyasining arzonchi subbrendi yaqinda 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega Realme C15 smartfonini chiqargan edi. Kompaniya shunaqa «beli baquvvat», lekin undan ham arzon yana bitta smartfon taqdim etdi.
O‘QING: Eng arzon 5G-smartfonni Realme tayyorladi: «jonli» suratlari va texnik jihatlari
Yangi smartfon Realme C12 nomini olgan bo‘lib, u ham o‘sha Realme C15 modelidagi kabi – 12 nanometrlik MediaTek Helio G35 protsessori bazasida ishlaydi. Realme bu modelini diagonaliga 6,5 dyuymlik, tasvir aniqligi 1600x720 piksellik displey bilan jihozlagan. Tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatli ekranning tomchisimon kemtigida 5 megapiksellik selfi-kamera joylashgan.
Realme C12 tezkor va ichki xotirasi tegishlicha 3 va 32 gigabaytlik hajmda, unga yana microSD-karti ham tushadi. Korpusning orqa panelida kvadrat blokka bosh kameraning 13 + 2 + 2 megapiksellik sensorlari va fotochaqnoq joylangan. Orqa qopqoqda yana barmoq izi skaneriga ham ko‘zimiz tushadi.
Smartfonning akkumulyatori 6000 mA/soatlik, lekin unda tezkor quvvatlash ko‘zda tutilmagan – atigi 10 vattlik zaryadlana oladi.
O‘QING: Realme superflagmani 120 gerslik Samsung OLED-ekraniga ega va 125 vattlik tezkor quvvatlanadi!
Realme C12 smartfonining texnik xususiyatlari:
Displey: LCD, 6,5", 1600x720, 20:9
Protsessor: MediaTek Helio G35, grafika PowerVR GE8320
Tezkor xotira: 3 GB, LPDDR4X
Ichki xotira: 32 GB, eMMC 5.1, microSD sloti
Bosh kamera: 13 MP (f/2.2) + 2 MP (monoxrom datchik, f/2.4) + 2 MP (makroob’yektiv, f/2.4)
Old kamera: 5 MP
Akkumulyator: 6000 mA/soat, 10 Vt
Barmoq izi skaneri: orqa panelda
Aloqa: Dual 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11n, Bluetooth 5, GPS, GLONASS, BeiDou, micro-USB
Audio: 3,5 mm.lik tirqish, FM-radio
Operatsion tizim: Android 10 + Realme UI
Realme C12 qizil va ko‘k rangli korpuslarda, 128 dollarga teng narxda Indoneziyada sotuvga chiqdi.
O‘QING: TOP-10: Dunyodagi eng zo‘r hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)