Avtonomligi 14 kunga boruvchi, GPS chipli va IP68 himoyali Realme Watch 2 Pro chiqdi (video)

  •   DiMaX
  •  471
  •  20.05.2021 16:33

Avtonomligi 14 kunga boruvchi, GPS chipli va IP68 himoyali Realme Watch 2 Pro chiqdi (video)

Oppo korporatsiyasining subbrendi kuni kecha Realme Narzo 30 smartfonini taqdim etgan edi. Bugun esa u Malayziyadagi tadbirida to‘rtta qurilmasini keng ommaga ko‘rsatdi.

O‘QING: Google I/O 2021: ilk Android 12 beta-versiyasi 26 modeldagi smartfonga taqdim etildi! (+ro‘yxat)

Realme kompaniyasi yaqindagina u bitta quvvatda 12 kun ishlay oluvchi Realme Watch 2 smart-soatini taqdim etgan edi. Bugungi namoyishida esa uning takomillashtirilgan Realme Watch 2 Pro versiyasi dunyo yuzini ko‘rdi.

Realme Watch 2 Pro smartvotchi katta – 1,78 dyuymlik, tasvir aniqligi 32x285 piksellik ekranga ega. Displeyning maksimal yorqinligi 600 nit, kadr yangilanish chastotasi esa 30 gersga teng.

Soatning korpusi shisha, metall va plastikdan ishlangan va IP68 sertifikatsiyasiga ega, ya’ni u suvdan qo‘rqmaydi.

O‘QING: 2020 yilgi ikki xil Apple Watch ham 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi

Realme Watch 2 Pro avtonomligi uchun 390 mA/soatlik akkumulyator javobgar; ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, uning bitta to‘la quvvati 14 kun ishlashga yetadi.

Aqlli soatda yana GPS, pulsometr, SpO2 datchigi hamda 90 xil sport rejimi mavjud. Soat smartfonlar bilan kompaniyaning Realme Link ilovasi orqali bog‘lanadi.

Ushbu smart-soat allaqachon aksiyali – 55 dollarlik narx bilan AliExpress onlayn bozoriga chiqqan.

O‘QING: Yangi smart-soat qon bosimini ham, qondagi shakar va alkogol miqdorini ham ayta oladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.