Xoh kamera, xoh ovoz, Xiaomi – eng shovvoz! (DxoMark reytingi)

Xoh kamera, xoh ovoz, Xiaomi – eng shovvoz! (DxoMark reytingi)

O‘tgan yilning kuzida chiqqan Huawei Mate 30 Pro flagmani DxOMark reytingida eng yuksak o‘rinni olgandi. Keyinroq esa Premium talqinidagi Xiaomi Mi CC9 Pro flagmani ham u bilan bir xil – 121 ballik natija ko‘rsatgan va bu ikkovlon qisqa vaqt davomida taxtni teng bo‘lishib kelishdi. Biroz vaqt o‘tib esa Huawei Mate 30 Pro ikkalasini ham taxtdan ag‘dargandi. Bugun taqdim qilingan Mi 10 Pro’ning nafaqat kamerasi, balki audio imkoniyatlari ham dunyodagi barcha smartfonlarnikidan zo‘r bo‘lib chiqdi.

DxoMark камерафонлар рейтинги

Shunday qilib, kamera testida Xiaomi Mi 10 Pro suratga olishda 134 ball, videoga olishda esa 104 ball olib, reytingda umumiy 124 ball bilan yakka peshqadamga aylandi. O‘tgan yili Xiaomi jamoatni 108 MPli Mi Note 10 smartfoni bilan hayratlantira olgan edi. Joriy yilda esa kompaniya kamera imkoniyatlarini yanada yaxshilashga erishdi. Deyarli bir xil platformaga qurilgan bo‘lsa-da, Xiaomi Mi 10 Pro yaxshiroq suratga ola biladi.

O‘QING: TEST: 2019 yilgi smartfonlardan qay birining ovozi eng zo‘r?

Mi 10 Pro'га олинган сурат

Ovoz tizimi testida esa smartfon tovush chiqarishdan 77 ball, qurilmaga ovoz yozishdan esa 71 ball(umumiy 76 ball) olishga erishgan. Qurilma hozirga qadar ovoz testidan o‘tgan smartfonlar ichida ham peshqadamga aylanib oldi. Bunday natijaga erishishda stereodinamikning o‘rni katta ahamiyat kasb etgan.

DxoMark карнакфонлари рейтинги

DxoMark’dagilarning aytishiga qaraganda Xiaomi Mi 10 Pro ovoz tizimiga tegishli barcha testlarda ajoyib natija ko‘rsatgan. «Mi 10 Pro biz testdan o‘tkazgan eng baland ovozli smartfon bo‘lmasa-da, ovoz chiqarish va yozish sifati bo‘yicha eng a’losidir», deya fikr qoldirgan servis xodimlari.

Kecha taqdim qilingan yana bir 108 MPli datchikka ega smartfon - Samsung S20 Ultra hamda S20 seriyasining qolgan ikki modeli servisda hali testdan o‘tkazilmaganligini hisobga olsak, reytingda yana katta o‘zgarishlar kuzatilishi turgan gap. Shunday ekan, Xiaomi’ning quvonchi uzoqqa cho‘zilmasligi ehtimoli katta.

O‘QING: TOP-5: The Guardian nazdida 2019 yilgi eng zo‘r smartfonlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!