Barcha smartfonlar uchun Forza Street chiqdi, lekin Samsung’chilarga alohida imtiyozlar bor! (+video)

  •   DiMaX
  •  3038
  •  05.05.2020 11:46

Barcha smartfonlar uchun Forza Street chiqdi, lekin Samsung’chilarga alohida imtiyozlar bor! (+video)

Microsoft bundan bir yil avval Forza Street poyga simulyatorini kompyuterlar uchun chiqargan edi. Kompaniya shartli bepul bo‘lgan ushbu o‘yinini bugun – 5 may sanasidan mobil qurilmalar uchun ham taqdim etdi.

O‘QING: Ubisoft’dan uchta sarguzasht o‘yinni 5 maygacha bepul olib qo‘yishga ulguring! (+videolar)

Forza Street’ning mobil versiyasi shu yilning fevralida, eksklyuziv tarzda faqatgina yangi taqdim etilgan Galaxy S20 flagmanlariga chiqarilgan edi. Endi esa uni istalgan Android tizimli smartfon va planshetga ushbu havola, ayfon hamda aypadlarga esa mana bu havola orqali o‘rnatib olish mumkin.

Bu – koronavirus tufayli karantin sharoitida uydan chiqmasdan poyga o‘ynash uchun zo‘r imkoniyat. Dastlabki 30 kun mobaynida – 5 iyungacha ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarga bonus sifatida poyga simulyatori ichida 2017 Ford GT avtomobili berilishi alohida e’tiborga loyiq.

Garchi o‘yinni yuklab olish imkoni barcha mobil geymerlarga taqdim etilgan bo‘lsa-da, Microsoft baribir Samsung qurilmalari egalari uchun ustunlik bergan. Ya’ni, Samsung Galaxy smartfonlari va planshetlari uchun Forza Street’da eksklyuziv kontent ko‘zda tutilgan.

Janubiy koreyalik gigantning barcha mobil qurilmalari egalari afzalliklarga ega bo‘lish uchun o‘yinni Google Play emas, balki mana bu havola orqali Galaxy Store katalogidan o‘rnatib olish kerak. Shunda ularga bepul Ford Mustang GT avtomobili beriladi, Galaxy S20 egalariga esa yana bepul Corvette C6 ham taqdim etiladi.

O‘QING: Samsung hali taqdim etilmagan, «yashirin kamera»li Galaxy Note 20’ni endi «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!