«Beli baquvvat» iPhone SE 2’ni videoda batafsil ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2182
  •  09.01.2020 12:04

«Beli baquvvat» iPhone SE 2’ni videoda batafsil ko‘ramiz!

2016 yilgi iPhone SE ixcham smartfonining davomchisini millionlab Apple ixlosmandlari kutishmoqda. iPhone SE 2 deb nomlanishi mantiqqa mos esa-da, korporatsiya uni iPhone 9 modeli sifatida, yana qimmatroq narxda chiqarishi ham aytilgan.

O‘QING: iPhone SE 2’ni kutyapsizmi? Xushxabarni qarshi oling!

Taniqli insayder @Onleaks hamda iGeeksBlog nashri kupertinoliklarning navbatdagi ixcham ayfoni haqida yangi ma’lumotlarni va uning render videosini e’lon qildi. Unga ko‘ra, iPhone SE 2 (yoki iPhone 9) modelining umumiy dizayni iPhone 8 uslubida bo‘lsa-da, baribir farqlari ham bor.

Jumladan, iPhone 8 korpusining qalinligi 7,3 millimetrga teng bo‘lsa, yangi ayfon undan yarim millimetrga qalin – 7,8 millimetrlik bo‘ladi. Bunga sabab shuki, unga yanada sig‘imdor akkumulyator o‘rnatilmoqda va uning gabariti ham yirikroq. Demak, kuchli batareyasi hamda quvvat tejovchi Apple A13 protsessori sharofati bilan iPhone SE 2 avtonomligi ancha oshadi.

O‘QING: 2020 yilda Apple bunchalik ko‘p modellarda yangi iPhone’lar chiqarishini hech kim kutmagandi!

Umuman olganda, kutilayotgan iPhone 9 modelining tashqi ko‘rinishi haqida @Onleaks tayyorlagan quyidagi video orqali yetarlicha tasavvur hosil qilish mumkin:

To‘g‘ri, yuqoridagilarning barchasi norasmiy ma’lumotlardir, ammo @Onleaks shu paytgacha ham Apple devayslari haqida taqdimotdan avval ishonchli xabarlar berib kelgan. Jumladan, o‘tgan yili u iPhone 11 hamda iPhone 11 Pro modellarining aniq dizaynini rasmiy namoyishdan naq to‘qqiz oy avval oshkor etgan va bu to‘g‘ri chiqqan edi.

O‘QING: iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!