Bill Geyts yana bir global loyihaga 2 milliard dollar ajratdi

  •   DiMaX
  •  353
  •  16.02.2021 11:57

Bill Geyts yana bir global loyihaga 2 milliard dollar ajratdi

Amerikadagi IT-gigantMicrosoft kompaniyasi muassisi va sobiq rahbari Bill Geyts global isishga qarshi kurashga qaratilgan loyihaga 2 milliard dollar ajratgan. Bu miqdordagi mablag‘ni tadbirkor besh yil davomida investitsiya qiladi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Bill Geytsning koronavirus pandemiyasiga qanday aloqasi bor? Bunga o‘zi javob berdi

Geytsning fikriga ko‘ra, ekologik tadqiqotlar uchun sarflanadigan mablag‘ yetakchi davlatlar tomonidan besh yil davomida ko‘paytirib borilishi lozim. Microsoft asoschisi atrof-muhit muammolarini hal qilish uchun hukumatlar yiliga 110 million dollar sarflashi kerak deya hisoblaydi.

Geyts atom energetikasini kelajagi bor yo‘nalish deya hisoblaydi. Uning aytishicha, dunyo sanoatini qamrab olish uchun birgina «shamol va quyosh»ning o‘zi yetarli emas. U atmosferani karbonat angidriddan tozalaydigan texnologiyalar rivojlanishiga umid bog‘lamoqda.

Shuningdek, Microsoft asoschisi vodorod yoqilg‘isini kelajak energiya manbai deb atagan, chunki vodorod yoqilg‘isi sanoatda sement va temir chiqindisi chiqishini kamaytiradi.

O‘QING: Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts dunyoni bioterror xavfi kutayotganini 2017 yildayoq aytganedi. Koronavirus pandemiyasidan esa u besh yil avval ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan.

Shuningdek, Microsoft asoschisi avvalroq koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, keyin mazkur xastalikka qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi, degan.

Bill Geyts 2020 yilning oktyabrida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat endi yanada yomonlashishini aytgan bo‘lsa, dekabr so‘ngiga kelib, «Vaksinatsiyaga qaramay, pandemiya kuchayaveradi», degan.

Ayrimlar Geytsni koronavirusga qarshi vaksina bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi, deb hisoblashadi. Bu shunchki konspirologiya, lekin Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan! Bulardan tashqari...

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.