Bo‘lajak bestseller – Redmi Note 9 Pro ham namoyish etildi, «jonli» videoda uni ochib ishlatib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  6496
  •  12.03.2020 16:32

Bo‘lajak bestseller – Redmi Note 9 Pro ham namoyish etildi, «jonli» videoda uni ochib ishlatib ko‘ramiz!

Xiaomi korporatsiyasi o‘zining Redmi Note 9 Pro Max smartfonini taqdim etgani haqida boyagina yozgan edik. Kompaniya uning yanada arzon versiyasi – Redmi Note 9 Pro modelini ham namoyish qildi.

O‘QING: Eng kuchli flagmanlar va o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil fevral)

Bu xabarimizda endi Redmi Note 9 Pro smartfonining Max-versiyasidan farqlariga to‘xtalib o‘tamiz. Bu ikki modelning korpus o‘lchamlari bir xil, o‘zaro farqlari ko‘p bo‘lmasa-da, baribir ahamiyatli.

Redmi Note 9 Pro Max old kamerasi 32 megapiksellik bo‘lsa, Redmi Note 9 Pro modelida selfi uchun 16 megapiksellik kamera ajratilgan. Shuningdek, bosh kameraning asosiy moduli Max-versiyada 64 megapiksellik, uning «ini»sida esa 48 megapiksellik aniqlikda.

O‘QING: Redmi buni uddaladi: ekranosti daktiloskopga ega LCD-displeyli ilk smartfonni qarshi oling! (+video)

Bundan tashqari, Redmi Note 9 Pro modelining tezkor xotirasi 8 gigabaytlik versiyasi yo‘q – har holda, taqdimot vaqtida vaziyat shunaqa. Va nihoyat, bu qurilma Max-versiyasi kabi 33 vattlik emas, balki 18 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi.

Redmi Note 9 Pro boshqa jihatlariga ko‘ra Redmi Note 9 Pro Max bilan bir xil: Qualcomm Snapdragon 720 protsessori, 6,67 dyuymlik ekran, korpusning ikkala tomonida Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi va 5020 mA/soatlik akkumulyator. Har ikkala smartfon MIUI 11 proshivkasiga ega va korpusi suv sachrashidan muhofazalangan.

O‘QING: JerryRigEverything: «Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni – ayni mana shu o‘rta narxli modeli bo‘ladi!» (+video)

Ayrim vlogerlar allaqachon Redmi Note 9 Pro’ning ilk videotavsiflarini e’lon qilishgan, shulardan birini quyida tomosha qilamiz:

Narxlariga kelsak, Redmi Note 9 Pro tezkor/ichki xotirasiga ko‘ra quyidagi konfiguratsiya va baholar bilan chiqarilmoqda:

4/64 GB – 175 dollar;

6/128 GB – 215 dollar.

Har ikkala smartfon Hindistonda sotilishi ma’lum, qolgan mamlakatlar bozorlariga chiqishi haqida ma’lumot bo‘lishi bilan xabar beramiz.

O‘QING: Naq o‘n xil Xiaomi smartfonini 123 dollargacha chegirma bilan oling!