Bu yil chiqayotgan Apple Watch Series 7 xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  367
  •  15.06.2021 10:58

Bu yil chiqayotgan Apple Watch Series 7 xususiyatlari

Yaqinda biz Apple Watch 6 (yoki Apple Watch Series 6) smart-soatining o‘z tannarxidan necha baravar qimmatga sotilayotgani haqida xabar chiqargan edik. Endi esa Bloomberg nashri jurnalisti Mark Gurman kupertinoliklarning keyingi avlod aqlli soati to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qildi.

O‘QING: 2020 yilgi ikki xil Apple Watch ham 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi

Unga ko‘ra, Apple Watch Series 7 modeli shu 2021 yildayoq taqdim qilinadi va bir qator yangi texnologiyalarni o‘zida jamlaydi. Smartvotch yanada tezkor protsessor va yangicha ekranga ega bo‘lib, unda simsiz bog‘lanish sifati ham oshiriladi. Shu bilan birga, uning korpusi o‘z «ajdod»larinikiga nisbatan qalinroq bo‘lishi mumkin.

Yettinchi avlod Apple aqlli soati UWB, ya’ni ultra keng polosali aloqani qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon yordamida mazkur aksessuarni izlash ayni shu kanal orqali amalga oshirilishi mumkin. Aytish kerakki, kompaniya yaqinda namoyish etgan geo-brelok – AirTag trekeri ham UWB orqali ishlaydi.

Apple Watch Series 7 tana haroratini hamda qondagi shakar miqdorini aniqlovchi datchiklarga ham ega bo‘lishi haqida mish-mishlar yuradi. Lekin, Mark Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, bulardan birinchisini 2022 yildagi smart-soatlardagina ko‘rishimiz mumkin. Qondagi shakar miqdorini o‘lchaydigan sensorlarni joriy etish uchun esa bir necha yillar kerak bo‘ladi.

O‘QING: Meizu Watch chiqdi: flagman Snapdragon chipi, eSIM va NFC (+video)!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!