CLICK kompaniyasi «ISSIQ-KO‘L TA’TILI» aksiyasini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  2450
  •  16.06.2017 15:40

CLICK kompaniyasi «ISSIQ-KO‘L TA’TILI» aksiyasini e’lon qildi

CLICK mobil banking tizimi kompaniyasi o‘z xizmatlarini yanada ommalashtirish va mijozlarni jalb etish yaratish maqsadida, «ISSIQ-KO‘L TA’TILI» aksiyasini e’lon qildi. Bu xususda kompaniya saytida xabar berilmoqda.

Xabarda aytilishicha, kompaniyaning Telegram’dagi @clickuzbot boti orqali to‘lovlarni amalga oshirish evaziga Issiq-Ko‘lga 2 kishilik sayohat yo‘llanmasini yutib olish mumkin. Mazkur sayohat «all inclusive» tarzida, ya’ni barcha xarajatlar shu sayohat yo‘llanmasining o‘zida bo‘ladi.

To‘lovning har bir 10 000 so‘mi yoki kartadan kartaga o‘tkazmaning har bir 50 000 so‘mi uchun bitta imkoniyat beriladi. To‘lov miqdori qancha katta bo‘lsa, imkoniyatlar ham shuncha oshadi. Bulardan tashqari, eng ko‘p imkoniyatlarni to‘plagan 10 nafar g‘olib ham bittadan rag‘batlantiruvchi sovringa ega bo‘lishadi.

Aksiya davrida to‘lov amalga oshirgan yoki kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazgan foydalanuvchilar aksiya qoidalari va shartlari bilan mutlaq roziliklarini bildirgan bo‘ladilar.

Aksiya qoidalari bilan mana bu manzilda, @clickuzbot boti va undan foydalanish tartibi bilan esa mana bu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!