DxOMark eng kuchli Samsung va Apple flagmanlarining selfi-jangini o‘tkazdi

  •   DiMaX
  •  1417
  •  04.12.2020 15:59

DxOMark eng kuchli Samsung va Apple flagmanlarining selfi-jangini o‘tkazdi

Hozirda eng sermahsul smartfonsoz bo‘lmish Samsung’ning hammasidan zo‘r flagmani Galaxy Note 20 Ultra hisoblanadi. Unga munosib raqib esa, ko‘pchilikning fikricha, kupertinoliklarning iPhone 12 Pro Max modelidir.

O‘QING: Smartfon bozoridagi daromadning 93 foizini ikkitagina kompaniya bo‘lishib oldi! (2020 yil 3-chorak)

Xuddi shunga ishora qilgandek, DxOMark laboratoriyasi bu ikki flagmanning old kamera testlarining natijalarini bir vaqtda e’lon qildi.

Umumiy natijaga ko‘ra koreyalik flagman 100 ball, uning kupertinolik raqibi esa 98 ball oldi.

O‘QING: «Jonli» test videosi: «operativka»ci 12 gigabaytlik Galaxy Note 20 Ultra kuchlimi, yoki 6 gigabaytlik iPhone 12 Pro?

Galaxy Note 20 Ultra old kamerasi fotosurat olish borasida 104 ball, video olish bo‘yicha esa 95 ballik natija ko‘rsatgan:

iPhone 12 Pro Max bo‘lsa har ikkala yo‘nalishda undan past bahol olgan – rasm bo‘yicha 101 ball, video borasida esa 93 ball.

Shunday qilib, DxOMark’ning old kameralar bo‘yicha umumiy reytingida Galaxy Note 20 Ultra beshinchi, iPhone 12 Pro Max esa – sakkizinchi o‘rinlarni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 20 Ultra modelida selfi uchun bittgina – 10 megapiksellik datchik qo‘llangan. iPhone 12 Pro Max flagmanida bo‘lsa old kamera ikkita – 12 megapiksellik asosiy sensor va suratga olinayotgan sahna chuqurligini o‘lchovchi qo‘shimcha modulni o‘z ichiga oladi. Biroq janubiy koreyaliklar smartfonining selfi-kamerasida avtofokus bor, Apple flagmanida esa bunday tizim yo‘q.

O‘QING: DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingini fath etgan yangi qirol bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.