EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone Xs Max’dan ham kuchli Xiaomi Black Shark 2 smartfonini «jonli» tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  2134
  •  13.10.2018 09:56

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone Xs Max’dan ham kuchli Xiaomi Black Shark 2 smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Xiaomi kompaniyasi joriy yilning aprelida taqdim etgan Black Shark o‘yinbop smartfoni hozirgacha benchmarklarda yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotir. Uning ikkinchi avlodi ham tayyorlangani haqida yaqindagina xabar bergandik.

O‘QING: Xiaomi yashirgan «Qora Akula» – ikkinchi o‘yinbop smartfon TENAA’da fosh bo‘ldi!

Endi esa «xitoycha Apple»ning shu ikkinchi avlod geymerofoni – Black Shark 2 modeli «jonli» tarzda ko‘rsatilgan video internetga chiqdi. Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan lavhada bu smartfonni ko‘rib, u haqdagi yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Aftidan, ikkinchi «Qora Akula» orqa korpusining qopqog‘i shishadan ishlangan. Bu esa mazkur smartfonga simsiz quvvatlash texnologiyasi ham tatbiq etilganidan dalolatdir. Uning nafaqat orqa panelidagi logotipida, balki yon qirrasida ham yorug‘lik-diodli chirog‘i mavjud. Kameraning juft moduli esa, avvalgi modeldan farqli ravishda, tikka joylashgan.

Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Hozirgacha tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Black Shark 2 hozircha rasman taqdim etilmagan Snapdragon 855 (yangi nomi – Snapdragon 8150) chipiga asoslangan. Qualcomm’ning mazkur flagman protsessori 3,2 GGs.gacha takt chastotasida ishlay oluvchi sakkizta yadroni va Adreno 640 grafik tezlatgichini o‘z ichiga olgan.

O‘QING: Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 3 bo‘lib, u 5G tarmog‘ida ishlashini aytishmoqda!

Black Shark 2 modelining eng ilg‘or modifikatsiyasi 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega bo‘lishini aytishmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki, Xiaomi ushbu devaysini o‘yinlar jarayonida qizib ketmasligi uchun kuchli sovitish tizimi va boshqa texnologiyalar bilan ta’minlaydi. Ikkita SIM-karta bilan ishlay olishi, eng so‘nggi – Android Pie operatsion tizimi, simsiz quvvatlanishi, baquvvat protsessori va boshqa jihatlari bilan ushbu geymerofon hatto kupertinolik gigantning iPhone Xs Max flagmanidan ham kuchli bo‘lishi kutilayotir.

«Xitoycha Apple» geymerlarga atalgan bu smartfonini shu yilning dekabrida yoki keyingi yil boshida rasman taqdim etishi mumkin. Uning narxi 500 AQSh dollari atrofida bo‘lishini taxmin qilishmoqda. Xiaomi’ning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham Terashop.uz internet-do‘konimizda rasmiy kafolat bilan sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!