Eng kutilayotgan Samsung smartfonini ilk rasmiy suratda har tomonidan ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1459
  •  29.01.2021 14:59

Eng kutilayotgan Samsung smartfonini ilk rasmiy suratda har tomonidan ko‘ramiz!

Samsung o‘zining eng zo‘r telefonlari – Galaxy S21 flagmanlarini taqdim etib, sotuvga chiqarib ham bo‘ldi. Kuni kecha esa u atigi 100 dollarga qo‘sh kamerali «avtonomlik monstri» – Galaxy A02 modelini chiqardi. Lekin uning muxlislari o‘rta narx toifasidagi Galaxy A52 smartfonini ko‘proq kutishmoqda.

O‘QING: «Qurilmalarni qiynovchi» videobloger sinab ko‘rdi: Galaxy S21 Ultra qanchalik mustahkam?

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy A50 smartfoni 2019 yilda dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan telefon edi. 2020 yilda esa uning o‘rniga Galaxy A51 modeli eng bestseller bo‘ldi. Endi bu yilga kelib, ularning izdoshi ham shunday yutuqqa erishmog‘i kutilmoqda.

Slashleaks saytida Samsung Galaxy A52 smartfonining uch tomonidan ko‘rsatilgan birinchi surati e’lon qilindi. Uni taqdim etgan insayder Evan Bless (Evan Blass) ta’kidlashicha, bu – kompaniyaning o‘zi reklama maqsadlarida tayyorlagan rasmiy renderdir.

Shu paytgacha Galaxy A52 5G modelining Geekbench benchmarkidagi test natijalari, shuningdek, birinchi render suratlari chiqqan edi. Insayderlar kuni kecha uning ilk «jonli» olingan rasmini ham tarqatishgan.

Shuningdek, uning yana beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan versiyasi – Galaxy A52 4G ham chiqishi ma’lum bo‘lgan. Bu ikki devaysning hamda hamyonbop telefonlar turkumining yana bir vakili – Samsung Galaxy A72 modelining narxlari ham aniq bo‘lgan.

O‘QING: Nihoyat, jahon smartfon bozorida Samsung’ni quvib o‘tishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.