Eng ommabop elektromobillar reytingi: Tesla’ga nemislar yetay deb qolishdi!

  •   DiMaX
  •  1683
  •  07.12.2020 13:10

Eng ommabop elektromobillar reytingi: Tesla’ga nemislar yetay deb qolishdi!

EV Sales resursi elektrik qismli yangi avtomobillar (ham elektromobillar, ham gibrid mashinalar) ro‘yxatga olinishining statistikasini yuritadi. Kuni kecha u mazkur bozorning oktyabr oyidagi holati bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

O‘QING: O‘zbekistonda Bentley elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkin

Birinchi o‘rinni, tabiiyki, eng mashhur elektromobilsoz – Tesla kompaniyasining Model 3 elektrokari zabt etgan – undan 22755 dona sotishgan. Ikkinchi pog‘onadan 20631 ta sotilish bilan xitoyliklarning Wuling HongGuang Mini EV rusumli ixcham mashinasi joy olgan. Kuchli uchlikni Ilon Mask kompaniyasining yana bir vakili – Model Y krossveri (10 602 dona sotilgan) yakunlab bermoqda.

Lekin yana bir nufuzli mashinasoz – Volkswagen ham bu yo‘nalishda tez o‘sib kelayotir. Uning yaqinda Yevropa bozoriga chiqqan Volkswagen ID.3 xetchbegi 10 584 dona sotilib, reytingda to‘rtinchi o‘rinni band qilgan. Kuchli beshlikka yana Renault fransuz kompaniyasining Renault Zoe modeli ham kirgan.

O‘QING: Volkswagen ID.3 elektromobili bitta quvvat bilan 531 km yo‘l bosdi

Elektromobillar reytingidan tashqari, EV Sales shunday mashinalar ishlab chiqarayotgan kompaniyalarning ham reytingini chiqargan. Unda ham o‘sha Tesla yetakchi – oktyabrda u salkam 36 000 dona elektrokar sotishga erishgan. Volkswagen ham o‘zining e-Golf, Passat PHEV, Audi e-Tron hamda ID.3 modellari bilan uning ortidan jadal kelmoqda.

Darvoqe, shu yilning to‘qqiz oyida O‘zbekiston qayerlardan va nechta elektromobil sotib olgani haqidagi maqolamizni o‘qiganmidingiz? GM ilk bor katta shahar ko‘chalarida haydovchisiz elektromobillarni sinovdan o‘tkazganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: O‘zbekistonda atigi 12 ming so‘mlik tok bilan 300 km yuradigan elektromobil sinalmoqda (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!