Bunaqasini avval ko‘rmagansiz: fantastik narxdagi Mi Mix Alpha 5G taqdim qilindi!

Bunaqasini avval ko‘rmagansiz: fantastik narxdagi Mi Mix Alpha 5G taqdim qilindi!

Shanxayda bo‘lib o‘tgan press-konferensiyada Xiaomi direktori Ley Szyun kompaniyaning navbatdagi flagmani Xiaomi Mi 9 Pro 5Gʻdan tashqari futuristik dizaynda yaratilgan Xiaomi Mi Mix Alpha’ni ham namoyish qildi. Smartfonning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri korpusni to‘liq o‘rab olgan displey bo‘lgan.

O‘QING: Redmi Note 8 global talqinda kutilmagan narxda taqdim qilindi!

Yangi qurilmaning korpusi titan qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, u kontruksiyani yanada mustaxkam, shu bilan birga yengilroq bo‘lishini ta’minlaydi. Orqa tarafdagi ekrandan holi qism esa keramikadan ishlangan. Xiaomi Mi Mix Alphaʻga korpus yuzasining 180,6 foizini egallovchi displey o‘rnatilgan.

Quyi qismdagi hoshiya qalinligi 2,15 mmni tashkil qilgan. Barcha tugmachalar displeyga ko‘chirilgan. Tashqi dinamik esa mavjud emas. Ovoz ekrandagi vibratsiya yordamida yuzaga chiqariladi. Orqa panelda turli ilovalardagi aktual ma’lumotlar aks etib turadi. Xiaomiʻning va’da berishicha, foydalanuvchilar tasodifiy teginishlardan aziyat chekmaydilar.

O‘QING: MIUI 11’dagi yangi funksiya Xiaomi smartfonlari egalarining hayotini saqlab qolishi mumkin!

Smartfon 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning samaradorligiga Qualcomm Snapdragon 855 Plus protsessori 12 GBlik tezkor xotira bilan birga javob beradi. Doimiy xotira hajmi naq 512 GBni tashkil qiladi. Akkumulyator sig‘imi 4050 mA/soatlik bo‘lib, 40 vattlik tezkor zaryadlashni qo‘llab quvvatlaydi.

Xiaomi Mi Mix Alpha

Foto va video suratga olish uchun asosiy datchigi 108 megapiksel, qo‘shimcha datchiklari 20 Mp va 12 Mp bo‘lgan uchtalik kamera moduli javob beradi.

Detallar aniqligi va suratning umumiy tiniqligi ajoyib taasurot qoldiradi, suratga olib bo‘lgandan so‘ng rasmning sifatini yo‘qotmagan holda ko‘p karra yaqinlashtirish mumkin.

Xiaomi's Mi Mix Alpha

Xiaomi Mi Mix Alpha naq 2800 dollardan narxlangan. Sotuvga chiqish sanasi haqida aniq ma’lumot berilmadi. Kompaniyaning avvalgi rusumlardagi aksariyat telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Shoshqaloqlar uchun maxsus: Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 10 chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!