Galaxy Buds simsiz quloqchini taqdim qilindi – u Galaxy S10 flagmanidan simsiz quvvatlana oladi!

  •   DiMaX
  •  1075
  •  21.02.2019 19:04

Galaxy Buds simsiz quloqchini taqdim qilindi – u Galaxy S10 flagmanidan simsiz quvvatlana oladi!

Samsung Electronics kompaniyasi 20 fevral kuni San-Fransisko shahrida Galaxy Unpacked tadbirini o‘tkazdi. Unda Galaxy S10 yubiley flagmanlari, Galaxy Fold buklama smartfoni hamda Galaxy Watch Active smart-soatidan tashqari yana bir qator devayslarini ham namoyish qildi.

O‘QING: Samsung yubiley flagmanlari – Galaxy S10, Galaxy S10+ va Galaxy S10e smartfonlarini namoyish etdi!

Samsung Galaxy Buds – qulay shaklga va ixcham (17,5x19,2x22,3 mm) o‘lchamga ega, ovozni AKG texnologiyalari bo‘yicha sifatli uzatuvchi smisiz quloqchindir. Undagi Ambient Sound rejimida siz quloqchindan chiqayotgan ovozdan tashqari, atrofingizdagi tovushlarni ham eshitaverasiz.

Quloqchinning har bir bo‘lagi 58 mA/soatlik akkumulyatorga ega, bu esa Bluetooth orqali ulangancha 5 soatgacha telefonda suhbatlashishga yoki uzluksiz 6 soat mobaynida musiqa tinglashga yetadi.

Galaxy Buds’ning ixcham g‘ilofi quloqchinni saqlash va akkumulyatorini quvvatlash uchun qo‘llanadi. Uning o‘zi 252 mA/soatlik batareyaga ega bo‘lib, atigi 15 daqiqa ichida quloqchinni 1,7 soat ishlashga yetarli miqdorda quvvatlaydi.

Shuningdek, yangi quloqchinning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri Samsung Galaxy S10 smartfonidan simsiz quvvatlana olishidir. Galaxy Buds, bulardan tashqari, Bluetooth 5.0 modullari, akselerometr, Xoll va yaqinlashuv datchiklari hamda boshqarish uchun sensor panellar bilan ta’minlangan.

Mana, Samsung Galaxy Buds rasmiy videoroligini tomosha qilamiz:

Samsung kompaniyasi Galaxy Buds quloqchinini AQSh bozoriga 8 mart kuni chiqaradi va uning narxi 130 dollardan boshlanadi. Gadjetning Yevropadagi savdosi esa 29 apreldan boshlanadi, lekin mazkur mamlakatlarda u naq 150 yevro turadi.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli quloqchinlarni atigi 59 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Faqat boylar uchun: Louis Vuitton High Snobiety – naq ming dollarlik quloqchin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!