Galaxy Note 10 hamda Note 10 Pro taqdimot kuni aniq, lekin ular allaqachon hafsalani pir qildi

  •   DiMaX
  •  2619
  •  11.06.2019 10:19

Galaxy Note 10 hamda Note 10 Pro taqdimot kuni aniq, lekin ular allaqachon hafsalani pir qildi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 10 turkumidagi 10 avgustda namoyish qiladi. 91mobiles resursi esa ular haqida yangi «eksklyuziv» ma’lumotlarni oshkor etdi.

O‘QING: Avgustda chiqadigan Galaxy Note 10 sifatli video va suratlarda batafsil ko‘rsatildi

Ushbu nashrning «ishonchli» manbalarga tayanib yozishicha, Samsung Galaxy Note 10 va Note 10 Pro planshetofonlarining model raqamlari tegishlicha SM-N975 hamda SM-N976 bo‘ladi. Ularning kodli nomlari esa mos tarzda Project D2 hamda Project D2-X ekanligi ma’lum qilindi.

Galaxy Note 10 modeli diagonaliga 6,4 dyuymlik Dynamic AMOLED ekranga, kamida 128 GB flesh-xotiraga ega. Galaxy Note 10 Pro bo‘lsa ancha yirik – 6,8 dyuymlik Super AMOLED displey hamda kamida 256 gigabaytlik ichki xotira bilan taqdim etiladi.

Lekin ularning akkumulyatori haqidagi yangi ma’lumot millionlab Samsung muxlislarining hafsalasini pir qildi. Gap shundaki, har ikkala modeldagi yangi fabletga bir xil – atigi 4170 mA/soatlik tok sig‘imiga ega batareya o‘rnatiladi. To‘g‘ri, bu ularning o‘tgan yilgi «avlod»i – Galaxy Note 9 (sotib olish) modelidagi 4000 mA/soatlik akkumulyatordan ko‘ra yaxshi. Ammo katta ekranli o‘ninchi avlod fabletlar batareyalari 4500 mA/soatlik bo‘lishi kutilayotgan edi-da.

O‘QING: Samsung Galaxy A50 tavsifi: yutuqlari va kamchiliklari

Shu kungacha Galaxy Note 10 fableti kompaniyaning eng katta smartfoni bo‘lishi, shuningdek, selfi-kamerasi stilusga o‘tkazilishi haqida yozganmiz. Shuningdek, uning ikki versiyada chiqarilishi, shulardan bittasi ixchamroq va arzonroq bo‘lishi ham aytilgan.

Bu ikkalasidan tashqari, kompaniya yana kodli nomi Project D1, model raqamlari esa SM-N970 hamda SM-N971 bo‘lgan ikki qurilma ustida ham ishlamoqda. Ular haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q, faqat birinchisi bozorga Samsung Galaxy Note 10e nomi ostida, nisbatan arzon narxda taqdim qilinishi ehtimoli ma’lum, xolos.

Hozirgacha global savdoga chiqqan ayrim Samsung telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Galaxy A’larning bari arzonlashdi – Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 10 iyun)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!