Galaxy S10+’ning global versiyasi Geekbench testida Samsung’ni sharmanda qildi!

  •   DiMaX
  •  1706
  •  21.01.2019 12:21

Galaxy S10+’ning global versiyasi Geekbench testida Samsung’ni sharmanda qildi!

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarining taqdimot kunini rasman e’lon qilgan. Shuningdek, ulardan ayrimlarini allaqachon benchmarklarda tekshirishga ham ulgurishgan.

O‘QING: Galaxy S10+ ham Geekbench’da: yana bir karra uyat, Samsung, uyat!..

O‘tgan haftada Geekbench servisida katalog raqami SM-G975U bo‘lgan Galaxy S10+ flagmani tekshirib ko‘rilgan edi. Bu – yetakchi flagmanning AQSh bozoriga mo‘ljallangan, Snapdragon 855 protsessorli varianti bo‘lib, yakka yadroli va ko‘p yadroli sinovlarda tegishlicha 3413 hamda 10256 ball olgan. Aytish kerakki, bu – mazkur benchmarkda Sony Xperia XZ4 to‘plagan ochkolardan (mos ravishda 3497 va 12801 ball) anchagina pastdir.

Endi esa ayni shu Samsung Galaxy S10+ flagmanining global bozorga mo‘ljallangan talqini ham Geekbench benchmarkida tekshirilgani ma’lum bo‘ldi. Buni qarangki, SM-G975N model raqamli – Exynos 9820 protsessori bazasidagi ushbu smartfon yana past ball oldi!

Ko‘rib turganingizdek, global talqindagi Samsung Galaxy S10+ ushbu imtihonda atigi 3248 va 7999 ball to‘play olgan, xolos. Bu esa o‘tgan yilgi flagmanlar – iPhone XS va hatto Galaxy S9 natijalaridan ham past ko‘rsatkich!

Nima ham derdik, benchmarkda ushbu smartfonlarning sinov namunalari tekshirilganligidan, bozorga chiqariladigan yakuniy varianti yaxshiroq natija ko‘rsatishidan umid qilish qoldi, xolos...

O‘QING: Samsung Galaxy S10 turkumidagi uchta flagman bitta rasmiy suratda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!