Galaxy S10e – eng arzon Samsung flagmanini ilk bor ishlayotgan holda «jonli» tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  2459
  •  06.02.2019 13:53

Galaxy S10e – eng arzon Samsung flagmanini ilk bor ishlayotgan holda «jonli» tomosha qiling!

Janubiy koreyalik korporatsiyaning taqdimotga tayyorlayotgan o‘ninchi avlod flagman smartfonlari uchta modeldan iborat. Ulardan eng «kichigi» Galaxy S10 Lite yoki Galaxy S10 E deb nomlanishi aytilayotgan edi.

O‘QING: Samsung Galaxy S10 turkumidagi uchta flagman bitta rasmiy suratda!

Tayvanning Teleradiouzatishlar va telekommunikatsiyalar bo‘yicha milliy komissiyasi (The National Broadcasting and Telecommunications Commission) kuni kecha ushbu smartfonlarni sertifikatladi. Shunda Samsung’ning bu yilgi eng arzon flagmani Galaxy S10e deb nomlanganligi aniq bo‘ldi.

Shuningdek, insayderlar internetga internetga ushbu modelning yoqiq holdagi birinchi «jonli» rasmlarini ham chiqarishdi.

Darvoqe, quyidagi suratda uning rasmiy nomini ham ko‘ramiz:

Esingizda bo‘lsa, Samsung Galaxy S10e rasmiy suratlarida ekrandagi «tuynuk» ancha ixcham qilib ko‘rsatilgan.

O‘QING: iPhone XR’ga Samsung javobi – Galaxy S10 E (yoki S10 Lite) rasmiy suratlarda

Lekin smartfonni yoqqanimizda vaziyat sal boshqacharoq ekaniga guvoh bo‘lamiz: uning displeyidagi «teshik» salkam 5 millimetr keladi, xuddi Galaxy A8s modelidagi kabi:

Xususan, ekranda ochiq tusli tasvir bo‘lgan payti kamera «tirqish»i judayam xunuk ko‘rinadi:

To‘g‘ri, foydalanuvchilar bunga ko‘nikib ketishadi, lekin buning uchun ham vaqt kerak bo‘ladi-da...

O‘QING: EKSKLYuZIV: Galaxy S10 va S10+ flagmanlarining ilk videotavsifi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.