Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 8. Yangilangan DeX Pad dok-stansiyasi (+video)
Mobile World Congress 2018 anjumani doirasida janubiy koreyalik texnogigant taqdim etgan to‘qqizinchi avlod flagmanlar, garchi tashqi qiyofasiga ko‘ra Galaxy S8 hamda S8+ modellariga o‘xshasa-da, ustunliklari juda ko‘p. Samsung kompaniyasi bulardan eng muhimlarini to‘qqizta qiziqarli videolavhada aks ettirgan.
O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 6. Live Focus va Background Blur funksiyalari (+video)
Jumladan, Galaxy S9 smartfonlari bilan birga, Samsung kompaniyasi bu tadbirda yangilangan DeX Pad dok-stansiyasini ham taqdim etdi.
Ko‘rib turganingizdek, DeX Pad dok-stansiyasi endi o‘ziga ulangan smartfonni tachpad hamda sensor klaviatura sifatida qo‘llay oladi. Natijada foydalanuvchida «to‘qqizinchi galaktika»ga katta ekranda parvoz etish imkoniyati paydo bo‘ladi.
O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 7. Ilg‘or biometrika imkoniyatlari (+video)