Global bozordagi eng kuchli o‘nta hamyonbop Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  3460
  •  06.03.2021 15:38

Global bozordagi eng kuchli o‘nta hamyonbop Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Biz AnTuTu servisi xitoylik foydalanuvchilarning fevral oyida benchmarkda o‘tkazgan testlari asosida eng kuchli flagmanlar ro‘yxatini va eng zo‘r hamyonbop smartfonlar reytingini chiqargan edik. Shuningdek, benchmark butun dunyodagi smartfonlar egalarining fevral oyida o‘tkazib ko‘rgan testlari natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari asosida flagmanlarning global reytingni ham e’lon qilgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

AnTuTu jamoasi endi butun dunyodagi foydalanuvchilarning bensmarkdagi tekshiruvlariga asoslangan holda o‘rta narxli eng tezkor Android-smartfonlarni ham e’lon qildi. Xitoycha reytingda AnTuTu taxtiga chiqib olgan Redmi 10X flagmaniga global reytingda atigi uchinchi o‘rin nasib etgan – 394 315 ball. Ro‘yxat lideri Kirin 985 protsessorli Honor 30 flagmani (404 202 ball) bo‘lsa, xuddi shu chipset bazasidagi Huawei Nova 7 modeli ham 400 507 ball bilan kuchli uchlikka kirgan.

Ko‘rib turganingizdek, keyingi o‘rinlarni tegishlicha quyidagi hamyonbop smartfonlar band qilgan:

  1. Realme 7 5G (331 259 ball)
  2. Xiaomi Mi 10T Lite 5G (330 316 ball)
  3. Redmi K30 5G (324 060 ball)
  4. Huawei Nova 7i (312 098 ball)
  5. Realme 7 (297 672 ball)
  6. Redmi Note 8 Pro (293 364 ball)
  7. Realme 6 (290 194 ball)

Ushbu ro‘yxatni shakllantirishda 2021 yilning fevralida butun dunyodagi foydalanuvchilar tomonidan AnTuTu servisida kamida ming marta tekshirib ko‘rilgan smartfonlar test natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichi olingan.

O‘QING: 2021 yil boshida o‘z narxiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!