Google Camera ilovasida ajoyib o‘zgarishlar!

Google Camera ilovasida ajoyib o‘zgarishlar!

Tungi rejim Google Camera ilovasining eng ajoyib funksiyalaridan biri hisoblanashiga qaramasdan, “Yeщye” bo‘limida qolib ketgan. Yoki bo‘lmasam foydalanuvchilar uning avtomatik ravishda ishga tushishi uchun, smartfon atrofdagi yorug‘lik miqdori kamligini aniqlashini kutib turishadi.  

Beta-testerlarning ma’lum qilishicha, ilovaning navbatdagi versiyasi chiqqanidan so‘ng ushbu muammo bartaraf etiladi. Tungi suratga olish rejimi asosiy menyudagi panorama bo‘limi bilan o‘rin almashadi.

Google Camera’ning yangi talqini shuningdek oq rang balansi ustidagi amallardan mahrum bo‘ladi. Qolaversa, selfi-kamera ishga tushganida ekranning nur taratishi funksiyasi “Vspishki” emas, balki “Podsvetku” deya aks etadi.

Bir narsani unutmaslik lozimki, Google Camera’ning ushbu versiyasi ayni damda to‘liq tayyor emas. Shunday ekan, undan yana boshqa syurprizlarni ham kutish mumkin.

O‘QING: Smartfonda ajabtovur, taassurotli surat olishning oddiy usullari