Google’ning «kambag‘albop» Pixel 3a smartfoni Snapdragon 855 chipli Mi 9 narxida sotiladi!

  •   DiMaX
  •  1534
  •  28.03.2019 15:13

Google’ning «kambag‘albop» Pixel 3a smartfoni Snapdragon 855 chipli Mi 9 narxida sotiladi!

Qidiruv giganti o‘tgan yilning oktyabrida Pixel 3 hamda Pixel 3 XL flagmanlarini taqdim etgandi. Keyinroq ushbu smartfonlarning arzonlashtirilgan versiyasi ham tayyorlangani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Rasman namoyish etilmagan arzon smartfon – Google Pixel 3 Lite videotavsifini ko‘ramiz!

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Google ikkita modelda «kambag‘albop» smartfon tayyorlagan bo‘lib, ular Pixel 3a hamda Pixel 3a XL deb nomlanadi. WinFuture nashrining yozishicha, Google Pixel 3a smartfonining 64 gigabaytlik doimiy xotiraga ega varianti Yevropada 450 yevro narxida sotiladi. Tabiiyki, Pixel 3a XL undan qimmatroqqa baholanadi va uning narxi taxminan 500-550 yevro bo‘lishi mumkin.

To‘g‘ri, original Pixel 3 modellari bilan solishtirilganida, bu smartfonlarning narxlari uncha baland emasdek. Ammo Yevropa bozorida ular boshqa ishlab chiqaruvchilarning telefonlari bilan raqobatga kirishishlari kerak bo‘ladi. Jumladan, ayni shu 450 yevro narxida eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessori hamda 64 gigabaytlik ichki xotiraga ega Xiaomi Mi 9 flagmanini olish mumkin! Bu smartfonning 128 gigabaytlik versiyasi esa Yevropada 500 yevro evaziga taklif etiladi.

Manbaga ko‘ra, Pixel 3a hamda Pixel 3a XL modellarini Yevropa bozoriga faqat 64 GBlik ichki xotiraga ega variantda, oq, qora va moviy-binafsharang korpusda chiqarishadi. Boshqa mish-mishlarda esa Pixel 3a modelining Qualcomm Snapdragon 670 protsessoriga va 4 GBlik tezkor xotiraga ega bo‘lishi aytilgan. Uning 5,56 dyuymlik ekrani Full HD formatida bo‘lib, batareyasi 2915 mA/soatlik. Smartfonning bosh kamerasi 12,2 megapiksellik, selfi-kamerasi esa 8 megapiksellik aniqlikda bo‘ladi.

Google Pixel smartfonlarining O‘zbekistonda xaridori kam bo‘lsa kerak, Xiaomi Mi 9 flagmanini esa o‘zimizning Terashop.uz internet-do‘konimizdan 4 199 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

O‘QING: «Google qabristoni»ga bir nazar: unda nimalar «dafn etilgan»?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!