Google Pixel 6 va 6 Pro'ning to‘liq texnik ko‘rsatkichlari sizdirildi

Google Pixel 6 va 6 Pro'ning to‘liq texnik ko‘rsatkichlari sizdirildi

Google kelayotgan kuz faslida Pixel 6 va Pixel 6 Pro smartfonlarini taqdim etmoqchi. Kecha Jon Prosser smartfonlarning yakuniy texnik jihatlari haqida ma’lumot ulashdi.

O‘QING: Pixel Buds A chiqdi: avtonomligi 24 soatlik, IPX4 himoyali hamyonbop TWS-quloqchin! (+video)

Avvalgi avlod bilan taqqoslaganda eng katta o‘zgarish deb akkumulyator sig‘imining oshganini aytish mumkin. Pixel 6 smartfoni 4,614 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lsa, Pro talqini 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega.

Google Pixel 6 6.4 dyuymli AMOLED ekrani bilan jihozlangan. Qurilmaning kamera modulida ikkita kamera bo‘lib, 50MP asosiy kamera hamda 12MP ultrakeng kameralardan iborat. Smartfonning tezkor xotirasi 8GB, doimiy xotirasi esa 128GB yoki 256GBni tashkil qiladi.

Pixel 6 Pro esa kattaroq bo‘lgan 6.71 dyuymli P-OLED displeyi bilan jihozlangan. Qurilmaning selfi kamerasi 12MP. Orqa paneldagi kameralar modulida uchta kamera: 50MP asosiy kamera, 48MP telefoto kamera hamda 12MP ultrakeng kamera joylashgan. Smartfonning 12GB tezkor xotira hamda 128GB, 256GB, 512GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan versiyalari mavjud.

An’anaga ko‘ra, ikkala smartfon ham yangi Android 12 operatsion tizimida ishlovchi birinchi smartfon bo‘ladi. Shuningdek, Google ushbu smartfonlarni besh yillik tizim yangilanishlari bilan ta’minlashga va’da beradi.

O‘QING: 120 dan ortiq modeldagi Android-smartfon uchun yangilangan Google Camera chiqdi (+havolalar)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!