Hali namoyish etilmagan Redmi 7 Pro ilk «jonli» suratlarda, qadog‘i bilan!
«Xitoycha Apple» o‘zining hamyonbop Redmi 7 turkumidagi uchta smartfonini allaqachon sertifikatlab ulgurgan. Bular orasida Redmi 7 Pro modeli eng ilg‘ori bo‘lishi kutilmoqda.
O‘QING: Xiaomi sir tutayotgan, mutlaqo romsiz Redmi 7 Pro: suratlari, narxi va texnik jihatlari!
Insayderlar ushbu Redmi 7 Pro modelining ilk «jonli» rasmlarini e’lon qilishdi. Har ikkalasida ham mazkur qurilma yonida qutisi bilan birga suratga olingan.
Agarda yuqoridagi fotosurat haqiqiy bo‘lib chiqsa, u holda Xiaomi Redmi 7 Pro ekrani ancha yupqa romlarga va tomchisimon «kemtik»ka ega ekan.
Ikkinchi rasmda esa smartfonning o‘zi ham, qadog‘i ham aniq-tiniq ko‘ringan. Ammo bunisi ham old tomonidan olingan bo‘lib, Xiaomi Redmi 7 Pro korpusining orqa paneli qanaqa ekanini hozircha bilolmaymiz.
Darvoqe, yoshlarbop Xiaomi Play smartfoni keyingi haftadayoq namoyish etiladi, uning rasmiy suratlarini ham e’lon qilganmiz. Kompaniyaning allaqachon jahon bozoriga chiqargan turli smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimiz orqali 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni mavjud.