Hali taqdim etilmagan Galaxy S10 Plus’ni ishlayotgan holida «jonli» tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1549
  •  17.01.2019 12:01

Hali taqdim etilmagan Galaxy S10 Plus’ni ishlayotgan holida «jonli» tomosha qilamiz!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 turkumidagi smartfonlarning taqdimot kunini rasman e’lon qilgan. Ularning 24 fevraldan sotuvga chiqishi ham ma’lum, ammo ulardan ayrimlarining «jonli» videolari hamda rasmlarini chiqarganmiz.

O‘QING: «Jonli» Galaxy S10 jamoat joyida «qo‘lga tushdi»!

Endi esa ushbu turkumning eng «katta» vakili – Galaxy S10+ modelining ham ishlayotgan holidagi «jonli» surati chiqdi. Uni Janubiy Koreyadagi Suvon universiteti kampusining avtobusida rasmga olishgan:

Ushbu rasmni tarqatgan Reddit foydalanuvchisining ta’kidlashicha, smartfon kitobsimon g‘ilofda bo‘lgan. To‘g‘ri, rasmning sifati anchagina past, ammo u Galaxy S10 Plus modelining ilk haqiqiy suratlaridan biridir. Unda ekranning yuqori o‘ng burchagida qo‘shaloq selfi-kamera uchun ochilgan «tirqish» yaqqol ko‘rinib turibdi.

O‘QING: Galaxy S10+ ham Geekbench’da: yana bir karra uyat, Samsung, uyat!..

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!