Huawei bo‘sh kelmaydi – bir necha oydan so‘ng u Samsung’ni taxtdan ag‘darmoqchi!

  •   DiMaX
  •  1638
  •  12.06.2019 14:38

Huawei bo‘sh kelmaydi – bir necha oydan so‘ng u Samsung’ni taxtdan ag‘darmoqchi!

Shu kunlarda – 11–12 iyun kunlari Shanxay shahrida CES Asia ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tmoqda. Unda qatnashgan Huawei Consumer Business Group strategik rejalashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Shao Yang (Shao Yang) g‘alati da’vo bilan chiqish qildi...

O‘QING: Smartfon bozori: nafaqat Huawei, balki yana bir xitoylik kompaniya Apple’dan o‘zib ketdi!

Unga ko‘ra, shu yilning to‘rtinchi choragidayoq Huawei dunyodagi birinchi raqamli smartfonsoz bo‘lishi mumkin edi. Biroq vaziyat o‘zgargani sababli Samsung’ni taxtdan ag‘darish endi sal keyinga surilmoqda.

Avvalroq xabar berganimizdek, xitoylik texnogigant smartfonsozlarning global reytingida Apple’ni quvib o‘tib, ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. Birinchi o‘rinni hanuz Samsung qo‘ldan bermayapti, ammo yetakchilar orasida faqatgina Huawei ko‘rsatkichlarida o‘sish mavjud. Agar shu tempda ketganida, chindan ham yilning oxirigacha u birinchi raqamli smartfonsoz bo‘lishi aniq edi...

Lekin AQSh hukumatining sanksiyalari sababli ko‘plab kompaniyalar xitoylik texnogigant bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Huawei smartfonlari Android tizimidan, o‘zining Kirin protsessorlaridan, xotira chiplaridan, Facebook kompaniyasiga qarashli barcha ilovalardan mahrum bo‘layotir. Shunga qaramasdan, xitoylik gigant bu muammolarni avvaldan payqagan va choralarini ko‘rib qo‘ygan. Hatto u allaqachon o‘zining HongMeng tizimi o‘rnatilgan millionta smartfonini mahalliy bozorda sotib ulgurgan!

Shao Yang so‘zlariga qaraganda, vaziyat shunday tus olgan bo‘lsa-da, Huawei aslo taslim bo‘lmoqchi emas, balki aksincha – olg‘a intilayotir. Kompaniya top-menejerining ta’kidlashicha, smartfonsozlik taxtini egallash shunchaki bir necha oyga kechikadi, xolos.

O‘QING: Huawei smartfonlariga o‘rnatiluvchi Hongmeng (yoki Ark OS) operatsion tizimining ilk skrinshotlari!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!