Huawei P50 Pocket'ga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

Huawei P50 Pocket'ga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

Internetda Huawei P50 Pocket buklamafonining yangi texnik jihatlariga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, qurilma 4,100 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Oddiy smartfon uchun bu o‘rta sig‘imli akkumulyator, ammo “raskladushka“ form-faktoridagi modellar uchun bu katta hajmdagi akkumulyator hisoblanadi. 

Masalan, Moto Razr 5G atigi 2,800 mAs, Samsung Galaxy Z Flip 3 esa 3,300 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Shunday qilib, P50 Pocket qurilmaning akkumulyator avtonomlik vaqti ancha yuqori bo‘lishi ma’lum bo‘lmoqda.

Smartfon Kirin 9000 chipi bilan jihozlanadi, bu smartfon 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamasligini anglatadi. Qurilmaning asosiy displeyining hajmi 6.8 dyuymni, tashqi tomondagi displeyning hajmi esa 1 dyuymni tashkil qiladi. Tashqi displeyining yuqori qismida kameralar moduli joylashgan. Undan 50MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera va 8MP telefoto kamera o‘rin oladi. 

Shuningdek, smartfon 66 vatt quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Huawei P50 Pocket taxminan 23 dekabr sanasida taqdim etiladi. 

O‘QING: Samsung Galaxy Tab S8 Ultra'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi