iOS’ni endi istalgan kompyuter va planshetda ishga tushirish mumkin bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2003
  •  13.01.2018 17:45

iOS’ni endi istalgan kompyuter va planshetda ishga tushirish mumkin bo‘ladi!

Corellium kompaniyasi iOS virtual mashinasini – emulyatorini tayyorlayotganini ma’lum qildi. Yangi ishlanma iOS’ning istalgan talqinini desktop brauzerning o‘zidanoq ishga tushirish imkonini beradi.

O‘QING: Apple rahbari: "Ingliz tili emas, bu hunarni o‘rganing!"

Qulay iOS emulyatori dasturchilarga ko‘proq foyda beradi – ular iOS’ning istalgan talqinida ishlaydigan iPhone va iPad’lar uchun tayyorlayotgan o‘zlarining yangi ilovalarini emulyator orqali ishga tushirib, sinovdan o‘tkazib ko‘rishlari mumkin. Bu esa ularni o‘z dasturlarini sinab ko‘rish uchun turli modellardagi iPhone va iPad’larni xarid qilish zaruratidan xalos etadi, deb hisoblashadi Corellium’dagilar.

Corellium haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q, taxminlarga ko‘ra, u dastlab bepul bo‘ladi. Mazkur iOS virtual mashinasi 2018 yilning mart oyida keng ommaga rasman taqdim etilishi aytilgan. Ammo hoziroq uni sinab ko‘rishni istagan dasturchi, sinovchi va shunchaki qiziquvlar mana bu havola orqali Corellium rasmiy saytiga o‘tib, o‘zlari uchun ertaroq ruxsat so‘rashlari mumkin.

O‘QING: Dasturchilikdagi 3 kunda o‘zlashtirsa bo‘ladigan ko‘nikmalar