iPhone 11 Pro hamda iOS 14 himoyasini 10 soniyadayoq buzib kirgan xakerlarga 360 000 dollar to‘lashdi

  •   DiMaX
  •  886
  •  10.11.2020 09:52

iPhone 11 Pro hamda iOS 14 himoyasini 10 soniyadayoq buzib kirgan xakerlarga 360 000 dollar to‘lashdi

Xitoyda o‘tgan hafta oxirida kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi Tianfu Cup 2020 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ikkita xakerlar jamoasi iOS 14 operatsion tizimli iPhone 11 Pro himoyasini buzishga erishdi.

O‘QING: Xakerlar eng ko‘p qaysi smartfonlarni va ilovalarni «sevadilar»?

Musobaqa g‘oliblari Ant-Financial Light-Year Security Lab hamda Hukumatdagi va korporativ xavfsizlik zaifliklari tadqiqoti instituti jamoalari bo‘ldi. Ulardan har biri 180 000 AQSh dollariga teng miqdorda mukofot oldi.

iPhone 11 Pro himoyasini buzib kirishda ular tizim jarayonidagi kod bajarishni amalga oshirish uchun «nolinchi kun zaifligi»dan foydalanishgan. Shu tariqa mutaxassislar smartfondagi maxfiy ma’lumotlarni, jumladan – galereyadagi fotosuratlarni va kontaktlar ro‘yxatini ham qo‘lga kirit olishgan. Qizig‘i – buning uchun xakerlarga atigi 10 soniya vaqt yetarli bo‘lgan!

Bundan tashqari, Tianfu Cup 2020 musobaqasida xakerlar Windows 10 v2004 hamda Android 10 operatsion tizimlari, Chrome, FireFox brauzerlari va boshqa dsturiy ta’minot mahsulotlarining ham himoyasini buzib ko‘rsatishgan.

Xabarga ko‘ra, gadjetlar va dasturlar himoyasida topilgan nuqsonlar haqidagi ma’lumotlar tegishlicha Apple, Google va boshqa kompaniyalarga taqdim etilgan.

O‘QING: Xakerlikni boshlash uchun 5 ta kitob

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!