iPhone 13 – futuristik slayderni «jonli» videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1388
  •  30.11.2019 14:27

iPhone 13 – futuristik slayderni «jonli» videoda ko‘ramiz!

Smartfonlarning form-faktorlari borasida ayrim kompaniyalar turli yechimlar izlayotgan bo‘lsa-da, Apple faqat monoblok shaklidagi ayfonlar chiqarib kelayotir. Biroq uning buklama iPhone uchun patent olgani, uning uchun Samsung’dan qayishqoq displeylar sotib olayotgani ma’lum.

O‘QING: Apple «suvosti ayfoni» va yana ko‘plab antiqa texnologiyalar tayyorlamoqda!

Yana bir – slayder form-faktorli iPhone 13 konseptini bat.not.bad nikli dizayner namoyish etdi. Muallifning g‘oyasi bo‘yicha, smartfonning asosiy displeyi ikki tomonga ham surilishi mumkin. Uni chap tomonga surganda, o‘ng tomonda qo‘shimcha ekran ochiladi va unda qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ayfonning orqa tomonidagi uch modulli kamera blogi ham bosh ekran chapga surilganida ochiladi. Displeyni o‘ngga sursangiz, katta qo‘shimcha ekranda boshqaruv va boshqa imkoniyatlar aks etadi.

Apple hali-veri buklanuvchan yoki slayder form-faktorli iPhone taqdim etmasa kerak, ekspertlarning fikricha, bu kamida 2022 yili yuz beradi. Kelasi yil esa kupertinolik korporatsiya tarixdagi eng yirik va o‘ta ixcham smartfonlarini chiqaradi.

O‘QING: Arzon iPhone’lar endi dunyo bozoriga ham chiqadi