iPhone X 3,5 km balandlikdan tushib ketdi — smartfon hatto tirnalmadi ham

iPhone X 3,5 km balandlikdan tushib ketdi — smartfon hatto tirnalmadi ham

Diamond Aviators forumi foydalanuvchilaridan biri o‘zining iPhone X smartfoni bilan bo‘lgan ajoyib hikoyasini so‘zlab berdi. Smartfon katta balandlikdan tushib ketgan, lekin umuman zarar ko‘rmagan.

O‘QING: iPhone 12 tutayotgan bo‘lsangiz ham, baribir iPhone 13 olish uchun 5 sabab

8 avgust kuni dmloftus nomli foydalanuvchi o‘zining Diamond DA40 samolyotida Kolorado-Springsdan Atlantaga uchadi. Bir payt, u bulutlarni suratga olmoqchi bo‘lib, buning uchun maxsus kichik oynani ochadi. Uchuvchi yuqori tezlikda harakatlanayotganda, havo oqimlari smartfonni oynaga tomon tortib olishini yaxshi bilardi. Shuning uchun, smartfonni oynadan uzoqroq masofada ushlab turadi. Biroq, shu payt samolyot yengil turbulentlikka uchraydi, natijada smartfon deraza tomon tortilib, qo‘ldan chiqadi. Bu vaqtda samolyot taxminan 280 km/soat tezlik bilan taxminan 3,5 km balandlikda harakatlanayotgan edi.

Uchuvchi shu paytning o‘zida iPhone bilan xayrlashdi, lekin ertasi kuni eski iPhone 6s orqali iPhone X hali ham signal uzatayotganini payqab qoladi.

Smartfonni topishga urinish uchun signal kelayotgan joyga borishga qaror qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, qurilma soya o‘sayotgan dalaga tushib ketgan. Butalar belgacha balandlikda o‘sgani uchun smartfonni topish qiyin edi. iPhone X zaryadsizlangan edi, shuning uchun, bu vaqt hech qanday signal bermas edi.

Bir soatdan ko‘proq vaqt o‘tgach, smartfon topiladi. Qurilmaga hech qanday shikast yetmagan edi. Ehtimol, bunga qisman sabab smartfonga kiyg‘izilgan g‘ilof bo‘lgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, smartfon to‘liq funksional ekan.

Taxmin qilish mumkinki, butalar smartfon tezligini kamaytirgan. Smartfon g‘ilof bilan qoplangani va beton yoki asfaltga emas, yerga tushgani tufayli ham omon qolgan. Qanday bo‘lmasin, bunday balandlikni hisobga olsak, ushbu holat juda qiziq.

O‘QING: Musulmonlar va nasroniylar uchun olti yarim ming dollarlik iPhone 13 Pro’lar taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!