iPhone XS Max yana bir jihatdan rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1105
  •  27.09.2018 11:44

iPhone XS Max yana bir jihatdan rekord o‘rnatdi!

Kupertinoliklarning bu yilgi eng iPhone XS flagmani, keyin esa uning yirik modifikatsiyasi – iPhone XS Max samaradorlik bo‘yicha barcha smartfonlardan ustun kelganidan xabaringiz bor. Mana shu ulkan flagman endi boshqa xususiyati bilan ham rekordchi maqomini namoyish etdi.

O‘QING: iPhone XS Max tannarxini hisoblashdi – Apple insofiniyam «qo‘shib yeb yuborgan» ekan!

DisplayMate kompaniyasi iPhone XS Max flagmaniga o‘rnatilgan OLED-ekranni barcha smartfonlar displeylari orasida eng zo‘ri, deya e’tirof etdi. Bu borada avvalgi yetakchi Samsung Galaxy Note 9 fableti edi.

Mutaxassislar Apple flagmani displeyining ranglarni yetkazib berish bo‘yicha mutlaq aniqligi eng yuqori – 0.8 JNCD deya baholashdi. Shuningdek, iPhone XS Max ekrani boshqa har qanday gadjetnikidan, jumladan – televizorlar, planshetlar, monitorlar va noutbuklarning ekranlaridan ham ancha sifatli, deyishdi.

Bundan tashqari, DisplayMate mutaxassislarining aniqlashlaricha, iPhone XS Max modelining ekrani tekis bo‘lsa-da, unda qayishqoq OLED-matritsa qo‘llangan. Bu texnologiya esa ekranning mustahkamligini oshirgan – smartfon tushib ketganida ham matritsa shikastlanmaydi. Bu yilgi ikkita ayfon hamda bulturgi iPhone X modellarining drop-testi ham bunga misoldir.

Eslatib o‘tamiz, Apple’ning bir necha modellardagi ayfonlari qatori, bu yilgi flagmanlari ham uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib, internet-do‘konimizdan onlayn tarzda sotib olishingiz mumkin. Bunda o‘zingizga qulay tarzda to‘lov qilishingiz, haqini xaridingiz qo‘lingizga tekkanidan so‘ng to‘lashingiz kabi imkoniyatlar ham mavjud.

O‘QING: XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!