10 ta eng yaxshi smartfonning narxlari bilan tanishing!

10 ta eng yaxshi smartfonning narxlari bilan tanishing!

Huawei P20 Pro

Bu flagman kompaniyaning xalqaro smartfon bozoridagi nufuzini yanada oshirmoqda. Huawei P20 Pro bosh kamerasidagi uchinchi sensor 40 megapikselli va bu rangli sensor f/1.8 hajmli aperturaga ega bo‘lgan hamda manzarani 5 karra yaqinlashtirib suratga oladi. U ana shu jihati bilan raqiblaridan yaqqol ustun.

6,1-dyuymli, OLED matritsali, FullHD+ sig‘imli (2240x1080 pikselli) va tomonlar nisbati -- 18,5:9 standartli Huawei P20 Pro modeli esa 950 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Samsung Galaxy S9

Galaxy S9 — 4 gigabaytli tezkor xotira bilan ta’minlangan, bir dona, 12 megapikselli kamera modeliga ega bo‘lgan, korpusi metall va shisha uyg‘unligida tayyorlangan, 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydigan Qualcomm Snapdragon 845 chipida ishlaydigan flagman.

5,8 dyuymli, romdan xoli bo‘lgan Super AMOLED ekranlar yon tomonga qayrilgan dizaynda ishlab chiqarilgan va ularning sig‘imi Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli). Old kameralar uchun 8 megapikselli modul tanlangan.

Galaxy S9 uchun tok sig‘imi 3000 va 3500 mA soat bo‘lgan akkumulyatorlar tanlangan.

Flagmandagi bosh kamera sekundiga 960 kadrdan iborat sekinlashtirilgan videoni muhrlash qobiliyatiga ega.

Samsung Galaxy S9 modelini Galaxy S8 bilan taqqoslaganda "inqilobiy" biror jihatga ega bo‘lmagan. Biroq, undagi kamera texnologiyasi diqqatga sazovor.

Galaxy S9 yurtimizda 6,476,250 so‘mdan sotilmoqda.

Apple iPhone X

5.8 dyuymli o‘ta ilg‘or displey smartfonning old panelini egallab olgan. 2436 x 1125 piksel sig‘imli ekran yuqorisida qoldirilgan jajji hududda karnay va sensorlar o‘rnashgan.

TouchID o‘rniga joriy qilingan FaceID texnologiyasi old kamera yordamida yuzni 3 o‘lchamda skaner qiladi. Foydalanuvchi ayfonga qarashi bilan uning tizimi ochiladi.

iPhone X'ning bosh kamerasidagi 12 megapikselli 2 ta sensorlar sifatli surat oladi. Tasvirni qayta ishlash jarayonida Apple tezkor avtofokus, HDR-fotolar, rang-tusga to‘yingan piksellarni va’da qilmoqda.

iPhone X (64 Gb) poytaxtimizda 8,292,000 so‘mdan sotilmoqda.

Honor 9 Lite

Honor 9 Lite old panelining jozibadorligi yuqori. Mazkur modelda metalldan to‘liq voz kechilgan va smartfon plastik korpusga ega bo‘lgan.

Honor 9 Lite modelining IPS-displeyi 5.65 dyuymli va sig‘imi yuqori – FullHD+ (2160x1080 pikselli).

Honor 9 Lite ishlab chiqaruvchining shaxsiy chipiga ega bo‘lgan  — Kirin 659 chipi 8 yadroli. Undagi tasvirni qayta ishlashga ARM Mali-T830 MP2 (2 yadroli) video kartasi mas’ul.

Honor 9 Lite'ning akkumulyatori 3000 mA soat sig‘imli tokni jam qiladi.

Honor 9 Lite modelining bosh o‘ziga xosligi — 4 ta kamerasi: old panelda va orqa panelda 2 tadan kameralar. Bu degani unda orqa fonni g‘ira-shira qilib suratga olish mumkin.

Honor 9 Lite sotuvga 2017 yilning 26 dekabrdan boshlab chiqarilgan. Uning arzon, ya’ni 3/32 Gb xotiraga ega talqini $182, o‘rta modifikatsiyasi, 4/32 Gb xotirali versiyasi $228 hamda yuqori, ya’ni 4/64 Gb xotira talqinidagisi $273 AQSh dollaridan sotilmoqda.

OnePlus 5T

Displey 6.1 dyuymli. Old panelning 80,5% qismi ekrandan iborat. Ekran matritsasi Optic AMOLED texnologiyasi asosida tayyorlangan bo‘lib, uning piksellar sig‘imi — 2160x1080 belgiga teng.

OnePlus 5T protsessori ham oldingi yilgi kuchli model — Snapdragon 835.

OnePlus 5T kamerasi aniqligi jihatidan avvalgilari bilan bir xil, ya’ni 20 va 16 Mp sig‘imli (Sony IMX398 va IMX376K), biroq ikkinchi kamera ob’yektiviga nisbatan ilg‘or f/1,7 diafragmasi o‘rnatilgan. Demak, smartfon yorug‘lik kam sharoitda ham yaxshi suratga olishni uddalashi kerak. Shuningdek, old kamera pikseli ham oshgan — 16 Mp.

Kamera optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lmagan. Shu bilan birga, smartfon elektron barqarorlashtirgich yordamida 4K-sig‘imli videolar yoza oladi.

Xotira sig‘imi 6 GB / 8 GB tezkor, 64 GB / 128 GB doimiy. Akkumulyator sig‘imi 3300 mA/ soat.

OnePlus 5T yurtimizda 500 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

 

Pixel 2 XL

2017 yilning 4 oktyabr kuni Google kompaniyasi taqdim qilgan yangi avlod Pixel smartfoni Pixel 2 XL mobil aloqa vositasi 5 dyuymli hamda Full HD (1920 x 1080 pikselli) sig‘imli OLED-displeyga ega bo‘lgan. Ekran Gorilla Glass 5, 2.5D shishalari bilan qoplangan.

Gadjetning bosh kamerasi 12 megapikselli, old kamera esa 8 megapikselli. Kamera bir vaqtning o‘zida ham elektron, ham optik barqarorlashtirish tizimlariga ega bo‘lgan. Bu esa har qanday sharoitda qo‘lda yaxshi tasvirlar olish imkonini beradi.

Devaysga 2017 yilda  android smartfonlar orasida ilg‘or bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, Adreno 540 video-kartasi hamda 4 GB operativ xotira va 64 yoki 128 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. microSD uchun bo‘lmacha mavjud emas.

Pixel 2 XL old panelda stereodinamiklarga, Bluetooth 5.0 standartiga ega bo‘lgan. U 3520 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan. Batareyada tezkor quvvat olish tizimi mavjud.

Pixel 2 XL 849 dollardan boshlab (64 GB) sotilmoqda.

Honor View 10

Honor V10 nomi bilan ham tanilgan devays 5,99 dyuymli, 2160 x 1080 pikselli va tomonlar nisbati 18:9 standartidagi, old panelni deyarli egallab olgan displeyga ega bo‘lgan.

Honor View 10 "aqlli telefoni"ga xos boshqa jihatlar qatorida Kirin 970 (Huawei Mate 10 va Mate 10 Pro) ilg‘or chipni, Mali-G72 video-kartasi, 6 Gb operativ hamda 128 Gb doimiy xotirani keltirish mumkin.

O‘qing: Mi Max 3’ning taqdimot vaqti, narxi va xususiyatlarini aytishdi

Bosh kamera 20 Mp va 16 Mp (f/1.8, fazali avtofokus) sensorlardan tarkib topan. Shuningdek, 13 megapikselli old kamera, old paneldagi barmoq izi skaneri, Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 4.2, USB Type-C porti, sig‘imi 3750 mA soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan smartfon yanada kuchli.

Honor View 10 580 AQSh dollaridan jahon bozorlariga sotuvga chiqarilgan.

Google Pixel 2

Google Pixel 2 smartfonining dizayni avvalgi avlod Pixel gadjetlariga tortib ketgan. Google Pixel 2 smartfoni standart formadagi 5 dyuymli hamda Full HD (1920 x 1080 pikselli) sig‘imli OLED-displeyga ega bo‘lgan. Ekran Gorilla Glass 5, 2.5D shishalari bilan qoplangan.

Gadjetdagi o‘chirib-yoqish tugmasi qizil yoki sariq tusda rangdor qilib ishlangan. Google ham Apple boshlab bergan an’anaga ergashib, 3,5 mm.li audio tuynukdan voz kechgan va endi audioni USB Type-C porti orqali maxsus perexodnikda tinglash mumkin bo‘ladi.

Smartfon displeyidagi muntazam faol (Always-On) rejimi quvvatni tejaydigan OLED-displey uchun muammo emas. Ekran blokirovkada turganida unda vaqt, turli xabarnomalar va boshqa ma’lumotlar ko‘rinib turadi.

Unga xos yana bir qiziqarli jihat —  mikrofon doimo faol holatda bo‘ladi. Ya’ni, smartfondagi mikrofon yon-atrofdagi musiqaga quloq tutadi va foydalanuvchiga unga yaqin yerda qanday musiqa yangrayotgani, uning ijrochisi to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Pixel 2 devaysi 2700 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatorlar bilan ta’minlangan. Batareyada tezkor quvvat olish tizimi mavjud.

Qolgan jihatlar Pixel 2 XL bilan bir xil. Google Pixel 2 modeli 649 dollardan sotuvga chiqarilgan.

Xperia XZ2

Sony kompaniyasi shu yil boshida Mobile World Congress 2018 anjumani doirasida Xperia XZ2 flagmanini taqdim qilgan edi. Har ikkala smartfonlar 18:9 nisbatli ekranga, eng kuchli Snapdragon 845 protsessori hamda 19 megapikselli bosh kameraga ega bo‘lishgan.

Sony Xperia XZ2 modeli 5.7 dyuymli, Full HD+ (2160 x 1080) sig‘imli va LCD HDR-matritsali displey bilan ta’minlangan.

Platforma samaradorligi uchun Qualcomm’ning eng so‘nggi Snapdragon 845 protsessori, 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira tanlangan. microSD orqali doimiy xotirani 400 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

19 megapikselli sensorning aperturasi f/2.0 standartida. Bosh kamera fazali aniqlash, lazerli avtofokus, LED fotochaqnoq, gibrid avtofokus, 5 o‘qli barqarorlashtirish kabi funksiyalarga ega. Unda 4K sig‘imli HDR video tasvirga olish mumkin.

Xperia XZ2 bosh kamerasi sekinlashtirilgan rejimda sekundiga 960 ta kadr yozish imkoniga ega.

Old kamera 5 megapikselli va Sony’ning 3D model skanerlash texnologiyasi yordamida foydalanuvchi qiyofasining emojisini yaratishi mumkin.

Sony Xperia XZ2 modeli 980 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Apple iPhone 8

Apple kompaniyasi 2017 yilning 12 sentyabrida taqdim qilgan 4.7 dyuymli iPhone 8 smartfonining o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida uning orqa qopqog‘ining to‘liq shishadan ishlanganini aytish mumkin.

Shuningdek, yangi A11 protsessori esa olti yadroli. Smartfonning asosiy kamerasi yangi 12 megapikselli sensorga ega bo‘lgan.

Poytaxtimizda iPhone 8 (64 Gb) 5,940,000 so‘mdan sotilmoqda.

O‘qing: iPhone 9 ixchamroq, qulayroq va arzonroq bo‘ladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.