«JONLI» VIDEO: Xiaomi prezidenti Mi Mix Flex (yoki Mi Dual Flex) buklama smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  1387
  •  23.01.2019 12:54

«JONLI» VIDEO: Xiaomi prezidenti Mi Mix Flex (yoki Mi Dual Flex) buklama smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

Egiluvchan ekranli buklanuvchi smartfon yaratish borasida bir qator kompaniyalar ish olib borishmoqda. Jumladan, «xitoycha Apple»ning shunday qurilmsi allaqachon tayyor bo‘lgan va Terabayt.uz saytida uning ilk «jonli» videosi e’lon qilingan.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi Mix Flex buklama smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Endi esa ushbu inqilobiy gadjetning yana bitta videosini shaxsan Xiaomi prezidentining o‘zi e’lon qildi! Mazkur lavhada Lin Bin (Lin Bin) planshet va smartfon form-faktoriga almasha oluvchi devaysni ishlatib ko‘rsatgan:

Guvohi bo‘layotganingizdek, Samsung ko‘rsatgan Galaxy F modelidan farqli ravishda, Xiaomi ishlanmasi smartfonning shunchaki muhandislik namunasi emas, balki allaqachon tizimli ishlab chiqarishga tayyor holdagi, yakuniy variantidir.

O‘QING: Xiaomi buklama smartfoni – Mi Mix Flex narxi va jihatlari bilan ilk bor tanishamiz!

Bugina emas, balki Weibo tarmog‘ida ushbu videolavhani e’lon qilar ekan, Lin Bin unga qisqacha izoh ham berib ketgan. Unda ta’kidlashicha, displeyning o‘zi va uning transformatsiya mexanizmi, himoya qoplami, shuningdek, MIUI’ni unga moslashtirish masalalarida qiyinchiliklar bo‘lgan. Ammo Xiaomi qurilmasi allaqachon tayyor va u ekrani ikki tomonidan bukiluvchi dunyodagi ilk buklama smartfon bo‘lishi kerak. Agarda bu gadjet Weibo auditoriyasiga ma’qul kelsa (yoqmasligi qiyin-da o‘ziyam), kompaniya uni ommaviy ishlab chiqarishga joriy etadi.

Darvoqe, ushbu inqilobiy qurilmani nomlash uchun ikkita variantdan biri tanlanishi aytilmoqda: Mi Mix Flex va Mi Dual Flex. Uning narxi 2000 yevrolik Samsung Galaxy Fold’nikidan pastroq, ammo «xitoycha Apple»ning yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan MI Mix 3S hamda Mi 9 modellarinikidan balandroq bo‘lishi tabiiy.

Hozircha esa kompaniyaning boshqa – hamyonbop bir modeli xaridorlar orasida talash bo‘lmoqda...

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfonini AliExpress’dan sotib oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!