So'z erkinligi uchun ijtimoiy tarmoq sotib olish davom etadi: navbat Kanye Vestga

So'z erkinligi uchun ijtimoiy tarmoq sotib olish davom etadi: navbat Kanye Vestga

Amerikalik taniqli reper, Kanye West, Parler ijtimoiy tarmog'ini sotib olmoqda. Bu haqida Parler bosh kompaniyasi Parlement Technologies kompaniyasi o'zining press-relizida xabar berdi.

"Parlement Technologies kompaniyasi ilgari Kanye West nomi bilan tanilgan Ye uchun Parler platformasini sotib olish bo'yicha printsipial kelishuvga erishganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi. Sotib olish Parler'ga barcha ovozlar qabul qilinadigan bekor qilib bo'lmaydigan ekotizimni yaratishda kelajakdagi rolini ta'minlaydi." deyiladi xabarda.

"Ye so'z erkinligi media maydoniga yangi qadam tashlamoqda va (endi u) hech qachon ijtimoiy tarmoqlardan chiqarib yuborilishdan qo'rqmaydi." deydi kompaniya rahbari Jorj Farmer.

Shuningdek, Kanye "Konservativ fikrlar ziddiyatli deb hisoblangan dunyoda biz o'zimizni erkin ifoda etish huquqiga ega ekanligimizga ishonch hosil qilishimiz kerak", deydi matbuot bayonotida.

Ta'kidlash joizki, bir haftacha avval Kanye o'zining antisemitik izohlari sabab oldin Instagram'dan, keyin esa Twitter'dan chiqarib yuborilgan edi.

Twitter alternativi — Parler platformasi o'zining "bekor qilib bo'lmaydigan" so'z erkinligi sabab bir necha marta muammolarga ham duch kelgan. Ijtimoiy tarmoq 2021-yil 6-yanvarda bo'lib o'tgan Kapitoliy binosiga bostirib kirishni rejalashtirish va muvofiqlashtirishda yordam berganlikda ayblangan va u Apple Store va Google Play Store'dan olib tashlangan. Keyinchalik o'z platformasidagi postlarni moderatsiya qilishga rozi bo'lgach, Parler ikkala ilovalar do'konlariga ham qaytgan.

Kanye gigant ijtimoiy tarmoqlardan "haydalgan" va ularga javoban o'z ijtimoiy tarmog'ini yaratayotgan yagona taniqli shaxs emas. O'tgan yilning boshida AQShning sobiq prezidentlaridan biri, Donald Trump ham Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar ban qilingan edi. Shundan keyin joriy yilning fevral oyida u o'zining Truth Social deb nomlangan ijtimoiy tarmog'ini yaratdi va uni avval Apple Store'ga, yaqinda esa Google Play Store'ga ham chiqardi. 

Qolaversa, dunyodagi eng boy odam, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask ham Twitter'ni "so'z erkinligi" uchun hali ham sotib olish jarayonida.

Parler va Kanye West o'rtasidagi kelishuv yil oxirida yopilishi kutilmoqda.

O'QING: Ilon Mask axiyri Twitter'ni sotib olishini aytdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!