Kuchli smartfonsozlar uchligidan Apple’ni surib chiqarishdi! (2020 yil 3-chorak)

  •   DiMaX
  •  1491
  •  01.12.2020 15:53

Kuchli smartfonsozlar uchligidan Apple’ni surib chiqarishdi! (2020 yil 3-chorak)

Yaqinda biz IDC tahlil kompaniyasi hisoboti asosida jahon smartfon bozorining uchinchi chorakdagi holati bo‘yicha ma’lumotlarni ulashgan edik. Gartner tahlil kompaniyasi ham bu borada o‘z ma’lumotlarini e’lon qildi.

O‘QING: Jahondagi eng ko‘p sotilgan 5G-smartfonlar reytingi

Bu kompaniya hisobotida ko‘rsatkichlar sal farq qilsa-da, eng ko‘p smartfon sotgan ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatidagi dastlabki to‘rtta o‘rin egalari IDC ro‘yxatidagi tartibda. Ya’ni, 2020 yilning 3-kvartalida chindan ham Apple kuchli uchlikdan chiqib ketgan.

Uning o‘rnini esa shu davrda 44,4 millionta smartfon sotgan Xiaomi band etib turibdi. Dunyo bo‘yicha uchinchi chorakda sotilgan smartfonlarning 12,1% qismi unga tegishli; 2019 yilning mos davrida esa bu ko‘rsatkich 8,5 foizga teng edi.

Smartfonlar soni bo‘yicha Samsung yetakchi – bozordagi mobil qurilmalarning 22% qismini u sotgan. Kuchli uchlikka Huawei ham kirgan, lekin uning ko‘rsatkichlari pasaygan: bulturgi 65,8 millionta o‘rniga kompaniya bu yilning 3-choragida 51,8 millionta telefon sota olgan. Shunga mos tarzda, uning bozordagi ulushi ham 16,9 dan to 14,1 foizgacha tushgan.

O‘QING: Sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatgan Redmi Note 9 Pro 5G siri nimada?

40,6 millionta ayfon sotgan Apple to‘rtinchi pog‘onani band etib turibdi, lekin uning ko‘rsatkichlari o‘sgan. O‘tgan yilning uchinchi kvartalida sotilgan smartfonlarning 10,5 foizi ayfonlar bo‘lsa, bu yil mazkur ko‘rsatkich 11,1 foizga yetgan.

Savdosi yurishgan smartfonsozlarning beshtaligiga 8,2% ulush bilan OPPO ham kirgan. IDC reytingida esa bu o‘rin boshqa bir xitoylik – Vivo kompaniyasiga tegishli edi.

Ekspertlar xulosalariga ko‘ra, eng ommabop 5G-smartfon Samsung Galaxy Note 20 Ultra modeli bo‘lgan. Kuchli uchlikka yana Huawei P40 Pro hamda Huawei Nova 7 ham kirgan.

Umuman olganda, 2020 yilning uchinchi choragida jahonda 366,7 millionta ​​smartfon sotilgan; bu esa bulturgisidan 5,7 foizga past ko‘rsatkich. Darvoqe, yuqoridagi raqamlar – sotilgan smartfonlar soniga ko‘ra chiqarilgan; savdodan tushgan olgan foydasi bo‘yicha esa...

O‘QING: Smartfon bozoridagi daromadning 93 foizini ikkitagina kompaniya bo‘lishib oldi! (2020 yil 3-chorak)