Maxfiylik va xavfsizligingiz uchun WhatsApp’dan beshta maslahat

  •   DiMaX
  •  718
  •  18.02.2020 17:51

Maxfiylik va xavfsizligingiz uchun WhatsApp’dan beshta maslahat

Butun dunyoda eng ommabop hisoblangan WhatsApp messenjeri foydalanuvchilari kuni kecha 2 milliard nafardan oshdi. Buni o‘ziga xos tarzda nishonlab, servis vakillari akkauntni maksimal darajada maxfiy qilish hamda himoyalash uchun kerakli maslahatlarni e’lon qilishdi.

O‘QING: «Bu ilovadan foydalanish xavfli!» – Telegram asoschisi yana chiqish qildi

  1. Ikki bosqichli identifikatsiyani faollashtiring.

Odatda o‘z akkauntingizga kirishingiz uchun SMS-xabar orqali shaxsingizni tasdiqlashingiz lozim. Lekin g‘araz niyatli kimsalar sizning telefoningizni qo‘lga kiritishlari ehtimoli ham mavjud. Shunday holatlarda WhatsApp-akkauntingizni himoyalash maqsadida qo‘shimcha kod-parol tayinlab qo‘yganingiz ma’qul – keyin har gal uni termaguncha messenjerdagi profilingizga kirib bo‘lmaydi.

Mazkur funksiyani follshtirish uchun «Nastroyki»ni ochib, «Uchyotnaya zapis»ni, keyin esa «Dvuxshagovaya proverka»ni tanlaysiz. Shu yerda 6 xonali parol tayinlaysiz, har ehtimolga qarshi, uni unutib qo‘ysangiz tiklab olish uchun email manzilingizni ham kiritasiz.

  1. Akkauntingizni maxfiy qiling.

Ko‘pchilik bilmaydiki, WhatsApp messenjerida o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlardan qaysilari boshqa foydalanuvchilariga ko‘rinib turishini sozlash imkoni bor.

Buning uchun «Nastroyki» → «Uchyotnaya zapis» → «Konfidensialnost» bo‘limiga kirasiz: qachon onlayn bo‘lganingizni, profilingizdagi suratni, akkaunt haqidagi ma’lumotlarni, tarmoqdagi holatingizni kimlar ko‘rishi mumkinligini shu yerda belgilaysiz.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

  1. Guruhli chatlarga sizni kimlar qo‘shishi mumkinligini o‘zingiz belgilang.

Sizni ham tanishlaringiz WhatsApp’da turli guruhlarga qo‘shib qo‘yaverib bezor qilishadimi? Mazkur servis yaqinda buni cheklash imkonini taqdim etgan. Bu sozlamalar esa «Nastroyki» → «Uchyotnaya zapis» → «Konfidensialnost» → «Gruppi» bo‘limida joylashgan.

Shu yerda sizni guruhlarga sizni guruhlarga kimlar qo‘sha olishini belgilab qo‘yasiz: ikkinchi bandni belgilasangiz, ommaviy chatlarga sizni faqat kontaktlaringiz ro‘yxatida mavjud bo‘lganlar qo‘sha oladi. Uchinchi bandda esa, sizni guruhlarga kimlar qo‘sha olmasligini ham belgilab qo‘yishingiz mumkin. Ta’kidlash kerakki, bunda avvalgidek sizga guruhlar ma’murlaridan takliflar kelaveradi, ammo ularga endi sizni avtomatik tarzda qo‘shib qo‘ya olishmaydi.

  1. Barmoq izi yoki Face ID orqali qulflashni faollashtiring.

Bank ilovalarida bo‘lgani kabi, WhatsApp kliyentida ham ilovaga iPhone’larda Face ID / Touch ID orqali, daktiloskopli Android-smartfonlarda esa barmoq izi datchigi orqali kirishni tayinlab qo‘ysa bo‘ldi.

Bu yerda ilova bir zumdayoq qulflanib qolmasligi uchun blokirovka taymerini belgilash opsiyasi ham mavjud. Buning uchun «Nastroyki» → «Uchyotnaya zapis» → «Konfidensialnost» → «Blokirovka ekrana» bo‘limiga kirasiz.

  1. Ilovani muntazam yangilab boring

Maksimal xavfsizlikni ta’minlash uchun, WhatsApp’ning yangilanishlarini hamisha tekshirib, o‘rnatib borishingiz lozim. Zero, servis dasturchilari har galgi apdeytlarda uning xavfsizligini ham mustahkamlab borishadi. Eng qulayi – avtomatik yangilanishni yoqib qo‘yishdir.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, keyingi paytlarda WhatsApp messenjeri obro‘sini tushiradigan xabarlar ko‘payib qolgan. Uning xavfidan hatto BMT rahbariyati ham ogohlantirgan!

O‘QING: Smartfoningizdagi 19 ta xavfli ilova: Facebook, Messenger, Shareit...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!