MediaTek allaqachon Snapdragon 855 Plus raqibi – Helio G90 flagmanini tayyorlamoqda!

  •   DiMaX
  •  789
  •  16.07.2019 16:07

MediaTek allaqachon Snapdragon 855 Plus raqibi – Helio G90 flagmanini tayyorlamoqda!

Bilsangiz kerak, aksariyat MediaTek chipsetlarining salbiy jihatlari – tarkibidagi grafik protsessorning zaifligi hamda o‘yinlarda yaxshi samaradorlik ko‘rsata olmasligidir. Biroq keyingi paytlarda kompaniya ushbu «tamg‘a»dan qutulishga harakat qilmoqda, jumladan...

O‘QING: Qualcomm ham «damini olaversin»: eng kuchli, lekin hamyonbop MediaTek Helio M70 5G taqdim etildi!

Eng mashhur chipsozlardan sanalmish Qualcomm kompaniyasi o‘yinbop smartfonlar va boshqa gadjetlar uchun qudratli Snapdragon 855 Plus protsessorini taqdim etganligi haqida boyagina yozgandik. Buni qarangki, MediaTek uning chorloviga darhol «Labbay!» deya javob beribdi. Bu kompaniya ham geymerlar smartfonlari uchun yangi – Helio G90 rusumli flagman protsessorini tayyorlayotganini aytgan.

MediaTek Helio G90 chipsetining ushbu reklamasida «O‘yin yadrosi, uyg‘onish» shiori qo‘llangan. Protsessorning nomidagi «G» harfi «Gaming»ga ishora ekanini ham anglash qiyin emas. Lekin, afsuski, uning boshqa xususiyatlari hozircha sirligicha qolmoqda. Taxminlarga ko‘ra, mazkur chipset 7 nanometrlik texnologik jarayonga asoslanadi va 5G tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi (Snapdragon 855 Plus’da esa bu xususiyat yo‘q).

Ushbu mavzuda, eng arzon telefonlarning chiplari haqidagi maqolamizni mana bu, hamyonbop smartfonlarning protsessorlari to‘g‘risidagi maqolamizni mana bu, o‘rta narxli modellar chipsetlari xususidagi maqolamizni esa mana bu havolalar orqali o‘tib o‘qishingiz mumkin.

O‘QING: TOP-10: «Sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari reytingi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!