Mi 11 taqdimoti arafasida ikki xil Xiaomi flagmanini ishlab chiqarish to‘xtatildi

  •   DiMaX
  •  1668
  •  05.11.2020 12:02

Mi 11 taqdimoti arafasida ikki xil Xiaomi flagmanini ishlab chiqarish to‘xtatildi

Qualcomm kompaniyasining navbatdagi flagman chipseti – Snapdragon 875 haqidagi ayrim ma’lumotlar may oyining boshidayoq chiqqan edi. Chipsoz ushbu mahsulotining rasmiy taqdimot kunini ham allaqachon aytgan, uning bazasidagi ilk smartfonlardan biri esa Xiaomi Mi 11 bo‘lishi ham ma’lum.

O‘QING: Xiaomi hali chiqmagan Snapdragon 875 bazasida allaqachon Mi 11 hamda Redmi K40 smartfonlarini tayyorlayapti!

Kuni kechagina «Xitoycha Apple»ning Xiaomi Mi 10 Pro flagmani o‘z yurtidagi onlayn do‘konlarda tugab qolgani xabar qilingan edi. Bugun esa kompaniya asoschisi va raisi Ley Szyun (Lei Jun) yana bir modelning Xitoydagi savdosi to‘xtatilishini e’lon qildi. Bu – global bozorga Xiaomi Mi 10 Ultra nomi ostida chiqarilgan Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition rusumli yubiley superflagmanidir.

Kompaniya rahbari Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition modelining kutilganidan ham ortiq natijalarga erishganini aytdi va uni qizg‘in qarshi olganliklari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yubiley superflagmanini hozircha do‘konlardan sotib olish mumkin, lekin juda oz qolgan va tugaganidan keyin boshqa partiya chiqarilmaydi.

Kompaniya ikkita eng zo‘r flagmanini ishlab chiqarishdan olib tashlaganiga ko‘ra, Xiaomi Mi 11 taqdimotiga juda oz vaqt qolgan. Ushbu model Qualcomm Snpdragon 875 protsessorli birinchi xitoylik smartfon bo‘lishi mumkin. Lekin yana bir jihati borki...

O‘QING: Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!