Mi 9 flagmanidagi «Game Booster» o‘yin rejimini Xiaomi endi boshqa smartfonlariga ham qo‘shyapti!

  •   DiMaX
  •  624
  •  02.03.2019 11:36

Mi 9 flagmanidagi «Game Booster» o‘yin rejimini Xiaomi endi boshqa smartfonlariga ham qo‘shyapti!

Joriy yilning 20 fevralida bo‘lib o‘tgan tadbirida Xiaomi kompaniyasi Mi 9 flagmanidan tashqari, «Game Booster» rejimini ham taqdim etgandi. Ma’lum bo‘lishicha, «xitoycha Apple»ning boshqa smartfonlariga ham o‘yin rejimi joriy etilar ekan.

O‘QING: Xiaomi Black Shark 3 o‘yinbop smartfonini ilk «jonli» suratda ko‘ramiz!

Xiaomi dasturchilari MIUI 10 Global Beta 9.2.28 proshivkasining global beta-versiyasini tayyorlashdi. Unga qo‘shilgan yangiliklardan biri – «Game Booster» rejimidir. U murakkab sahnalarda protsessorning kuchini «oqilona» taqsimlaydi, shuningdek, ekran yorqinligini va tengi rejimni o‘yindan chiqmagan holda sozlash imkon beradi.

Bundan tashqari, dasturiy ta’minotning mazkur talqinida avvalgi proshivkaning nuqsonlari tuzatilgan va tizimning ishlashi optimizatsiya qilingan. MIUI 10 Global Beta 9.2.28 tegishli smartfonlarga bugundanoq tarqatila boshlagan, barqaror talqini esa keyinroq chiqariladi.

Xiaomi’ning aynan o‘yinlarga moslab chiqarilgan ilk geymerofoni – 6/64 gigabaytlik xotiraga ega, qora korpusli Black Shark smartfonini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 849 000 so‘mga sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Mi Mix 3 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 25 fevral) – aksiyasi ham bor!

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.