Mi Mix 3: ilk rasmiy reklama roligi, yangi videolari, suratlari, xususiyatlari va narxlari!

  •   DiMaX
  •  2400
  •  19.10.2018 15:32

Mi Mix 3: ilk rasmiy reklama roligi, yangi videolari, suratlari, xususiyatlari va narxlari!

Xiaomi kompaniyasining taqdimotga tayyorlayotgan Mi Mix 3 flagmani xususida tobora yangi va hayratlanarli ma’lumotlar chiqmoqda. Uning bir necha xususiyatlariga ko‘ra rekordchi va yetakchi smartfon bo‘layotgani haqida xabar berganmiz.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3 – nostandart ekranli, rekord tezkor xotirali va ilk 5G-smartfon! (+«jonli» va yangi suratlar)

Nihoyat, «xitoycha Apple» ushbu flagmanining birinchi reklama videosini chiqardi. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Videolavhada ko‘rsatilishicha, smartfonni blokdan chiqarmasdan ham kontaktsiz to‘lov uchun NFC modulini ishga tushirish mumkin. Bunda old kamera orqali foydalanuvchining yuzini tanish orqali uning shaxsi tasdiqlanadi va to‘lov amalga oshadi.

O‘QING: Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 3 bo‘lib, u 5G tarmog‘ida ishlashini aytishmoqda!

Shuningdek, Mi Mix 3 old kamerasi naq 24 megapikselli qo‘sh datchikka ega bo‘lishini ham Xiaomi quyidagi tizerida ko‘rsatgan:

Bundan tashqari, internetga mazkur smartfonning orqa paneli aks ettirilgan ilk surat ham chiqdi:

«Xitoycha Apple» mazkur flagmanida yana bitta funksiyani tatbiq etgan – uning yordamida noutbukni blokdan chiqarish mumkin! Buning uchun foydalanuvchi Mi Mix 3 ekranidagi daktiloskopga barmog‘ini bosib, o‘z shaxsini tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Mana, o‘zingiz bu jarayonni «jonli» videoda tomosha qiling:

Kompaniya asoschilaridan biri Lin Bin (Lin Bin) esa Mi Mix 3 kamerasida olingan suratlarni e’lon qildi. Quyidagi ikkita rasm bitta manzaraning ikki xil – tasvir chuqurligi tahlili yordamida olingan:

E’tibor bersangiz, garchi qorong‘i sharoitda olingan esa-da, ushbu ikki surat ham o‘ta aniq chiqqan, ammo fokusirovka jihatidan turlicha ekanini payqaysiz.

O‘QING: Rasmiy suratlar Xiaomi Mi Mix 3’ning yangi jihatlarini ko‘rsatdi

Eng qizig‘i – narxlar masalasiga kelsak, Mi Mix 3 ikki xil – odatiy (aftidan metall) hamda keramik korpusli talqinlarda chiqariladi. Bu esa ularning narxlarida ham jiddiy farqlar bo‘lishiga olib kelayotir.

Mana, standart variantdagi Xiaomi Mi Mix 3 narxlari:

  • 6 GB tezkor + 64 GB doimiy xotirali – 490 dollar;
  • 6 GB tezkor + 128 GB doimiy xotirali: 535 dollar;
  • 8 GB tezkor + 128 GB doimiy xotirali: 575 dollar;
  • 8 GB tezkor + 256 GB doimiy xotirali: 620 dollar.

Kyeramik korpusli Xiaomi Mi Mix 3 narxlari:

  • 6 GB tezkor + 64 GB doimiy xotirali: 635 dollar;
  • 6 GB tezkor + 128 GB doimiy xotirali: 675 dollar;
  • 8 GB tezkor + 128 GB doimiy xotirali: 720 dollar;
  • 8 GB tezkor + 256 GB doimiy xotirali: 765 dollar.

Yuqoridagi narxlar hozircha rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, haqiqatga yaqin ko‘rinadi.

O‘QING: «Akulalar yaqinlashmoqda»: Xiaomi jahonning eng kuchli Android-smartfonini dunyo bozoriga chiqaryapti!

Lekin keramik korpusli Mi Mix 3 ham ishlab chiqarilayotganini Xiaomi rasman tasdiqlagan. Navbatdagi tizerga nazar solamiz:

Bunisi endi o‘ta boshqacha – keramik korpusdan tashqari, badiiy bezak tushirilgan maxsus Mi Mix 3 modelidir. Oq keramika korpusli ushbu «badiiy» tiraj Britaniya muzeyi hamda Dunxuan tadqiqot akademiyasi mutaxassislari hamkorligida ishlab chiqilgan.

O‘QING: Atigi 145 dollarlik Xiaomi Mi 8C – hamyonbop flagmanning soddalashtirilgan versiyasi ham tayyor!

Endi esa yana bitta kutilmagan ma’lumot. Esingizda bo‘lsa, Mi Mix 3 flagmanida old kamera xuddi Vivo Nex modellaridagi singari, korpusning ichidan chiquvchi bo‘lishi haqida xabarlar chiqqandi. Ammo oxir-oqibatda bunday emasligi, selfi-kameralar korpusning slayder mexanizmi orqali ochiluvchi panelida ekanligi ma’lum bo‘lgan. Lekin Xiaomi ushbu smartfonini yuqoridagi birinchi variantdagi prototipini ham tayyorlagan ekan!

Mana, uning orqa tomonidan, qopqog‘i ochiq holdagi ko‘rinishi:

Xullasi kalom, Xiaomi kompaniyasi hamda insayderlar hali taqdimotga qadar Mi Mix 3 flagmani haqida bir-biridan qiziq ma’lumotlarni ko‘p ulashsa kerak. Ulardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib borish uchun bizni kuzatishda davom eting.

Kompaniyaning bir qator hamyonbop smartfonlarini, shuningdek, «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 modelini, shuningdek, eng yangi – Redmi Note 6 Pro fabletini ham Terashop.uz internet-do‘konimizda onlayn xarid qilishingiz mumkin. Ularning barchasi bir yillik muddatli rasmiy kafolatga ega ekanligi, onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!