Mi Mix 3 o‘ta qimmat narxda sotuvga chiqdi, tag‘in Xiaomi uning dizayni borasida aldagan ekan! (+video)

  •   DiMaX
  •  2601
  •  22.10.2018 09:50

Mi Mix 3 o‘ta qimmat narxda sotuvga chiqdi, tag‘in Xiaomi uning dizayni borasida aldagan ekan! (+video)

Xiaomi kompaniyasi Mi Mix 3 flagmanining «jonli» video va 5G tarmog‘ida ishlayotgan suratlarini hamda rasmiy reklamasini e’lon qilganidan xabaringiz bor. Ammo bularda u smartfonning romsizligi borasida ozroq aldov qo‘llagani kuni kecha ma’lum bo‘lib qoldi.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3 – nostandart ekranli, rekord tezkor xotirali va ilk 5G-smartfon! (+«jonli» va yangi suratlar)

Gap shundaki, Xiaomi kuni kecha e’lon qilgan renderda Mi Mix 3 smartfoni sifatli tarzda namoyish etilgan. Unda qurilma ekraning har tomonida romlar o‘ta yupqa ekanini payqash qiyin emas. Lekin Xitoyning eng yirik videoportali – Youku saytida e’lon qilingan ushbu flagmanning reklama roligida esa uning pastki romi anchagina qalin ekanini ko‘rish mumkin. Mana, quyida Mi Mix 3’ning shu ikkita tasvirini o‘zaro taqqoslab ko‘ramiz:

Demak, render-suratlarda Xiaomi ushbu smartfonining romsizligi borasida yolg‘on qo‘llagan ekan. Avvalroq uning protsessori borasida ham shubhali ma’lumot chiqqandi.

O‘QING: Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) protsessorli ilk smartfon Xiaomi Mi Mix 3 bo‘lib, u 5G tarmog‘ida ishlashini aytishmoqda!

Youku portalidagi reklama videoroligi Xiaomi Mi Mix 3 modelining slayder mexanizmini yana bir bor namoyon etgan:

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining Android Pie asosidagi MIUI 10’gacha yangilanish jadvali

Ushbu devaysning rasmiy taqdimoti hali 25 oktyabrda bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. Ammo Xitoydagi yirik onlayn do‘kon – JD.com saytida allaqachon uni oldindan buyurtma orqali sotuvga ham qo‘yishgan!

Internet-do‘konda unga 9999 yuan miqdorida narx belgilashgan, bu esa deyarli 1443 AQSh dollariga teng keladi! JD.com’ning «ishtahasi chakkimas», nima dedingiz?

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa Xiaomi’ning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham rasmiy kafolat bilan, hech qanaqa aldovlarsiz sotilmoqda. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashtirilgan Xiaomi Redmi smartfonlarining narxlari (2018 yil 3 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!