MIUI 12.5’ga yangilamay turing – 5 xil Xiaomi hamda POCO smartfonlarini u ishdan chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  1374
  •  31.07.2021 16:50

MIUI 12.5’ga yangilamay turing – 5 xil Xiaomi hamda POCO smartfonlarini u ishdan chiqaryapti!

Xiaomi korporatsiyasi o‘zining mobil qurilmalari uchun MIUI 12.5 talqinidagi grafik qobiqqa asoslangan yangi proshivkalarni tarqatmoqda. Ammo ushbu yangilanishlar hamisha ham birdek muvaffaqiyatli chiqmayapti.

O‘QING: TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)

MIUI 12.5 bazasidagi proshivkalar kelgach, ushbu modellardagi telefonlarning ishlashida nosozliklar yuzaga kela boshlagan:

  1. Xiaomi Mi 9T Pro
  2. Xiaomi Mi 11 Lite
  3. Poco F2 Pro
  4. Poco X3 NFC
  5. Poco X3 Pro

Bulardan dastlabki uchtasida o‘yinlar o‘ynashda muammolar yuzaga kelmoqda; foydalanuvchilarning ta’kidlashlaricha, PUBG Mobile hamda Call of Duty: Mobile o‘yinlarida samaradorlik o‘ta pasayib ketgan. Oxirgi ikkitasida esa ekran sensori yaxshi ishlamay qolgan.

Ushbu muammolar mavjudligini tan olgan Mi Community moderatorining ta’kidlashicha, kompaniya bundan xabardor va nosozliklarni bartaraf etish uchun MIUI 12.5 asosli yangi proshivkalarni tayyorlamoqda.

O‘QING: PUBG ishqibozlari uchun kutilmagan xushxabar!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!