Mobil operator ommabop tarifini va cheksiz internetli to‘plamlarini bekor qilyapti

  •   DiMaX
  •  4720
  •  03.10.2020 12:59

Mobil operator ommabop tarifini va cheksiz internetli to‘plamlarini bekor qilyapti

O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlaridan biri avvalroq ikkita xushxabar e’lon qilgan edi. Yana biri esa sentyabrning oxiridagi qo‘shaloq yoqimli xabardan tashqari, oktyabrning boshida ham bir juft xushxabar ulashgan.

O‘QING: Bepul kiriladigan saytlar ro‘yxatini kengayib, muddati ham uzaydi!

Beeline mobil aloqa operatori ham kecha – 2 oktyabr kuni rasmiy saytida ikkita yangilik e’lon qildi, biroq bular xushxabar emas. Ulardan birinchisiga ko‘ra, joriy yilning 5 oktyabridan «Bravo Online» tarif rejasiga yangidan ulanish va boshqa tarifdan o‘tish yopiladi.

Shu bilan birga, mazkur tarif rejasidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish amaldagi shartlarga ko‘ra davom etaveradi. Shu boisdan, Bilayn abonentlari mazkur tarif shartlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqib, agar ma’qul kelsa, 5 oktyabrgacha unga o‘tib olishlari mumkin.

O‘QING: Endi boshqa tarifga o‘tishda megabaytlaringiz kuyib ketmaydi!

Ommabop tarif rejasidan tashqari, Beeline yana «4G Unlim» turkumidagi internet-to‘plamlarni ulatish ham yopilishini e’lon qildi. Kompaniya xabariga ko‘ra, abonentlar 12 oktyabrdan e’tiboran ushbu to‘plamlarni ulata olmaydilar.

Shunisi ham borki, «4G Unlim» internet-to‘plamlarini o‘sha sanagacha (uzog‘i bilan 11 oktyabr kuni) ulatib olgan abonentlar toki to‘plamning amal qilish muddati tugagunicha undan foydalana oladilar. Demak, agar mazkur kompaniya abonenti bo‘lsangiz, mana bu havola orqali «4G Unlim» to‘plamlari bilan tanishib, yopilmasidan oldin ulatib olsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Beeline har oyda 4 gigabaytgacha bonus beryapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!