MWC 2021: «Yilning eng zo‘r smartfoni» va uning to‘rtta raqibi

  •   DiMaX
  •  1034
  •  02.07.2021 15:03

MWC 2021: «Yilning eng zo‘r smartfoni» va uning to‘rtta raqibi

Barselona shahrida Mobile World Congress yillik anjumanining bu yilgisi – MWC 2021 bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. Uning doirasida Ilon Mask bayonot berib, Starlink loyihasi bo‘yicha internet narxlari haqida so‘z yuritgan edi.

O‘QING: SpaceX shu yozning oxirigacha butun dunyoga simsiz internet va’da qilmoqda

Mobile World Congress 2021 ko‘rgazmasi doirasida Global Mobile Awards (GLOMO Awards) taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Hakamlar unda joriy yilning eng yaxshi smartfonini e’lon qilishdi.

Ko‘rib turganingizdek, nomzodlar beshta bo‘lgan:

  1. Apple iPhone 12 Pro Max
  2. OnePlus 9 Pro
  3. Samsung Galaxy S20 FE 5G
  4. Samsung Galaxy S21 Ultra 5G
  5. Xiaomi Mi 11 Ultra

Ushbu smartfonlarni funksionalligi, dizayni, sotuvlar darajasi, ishlab chiqarilishining ekologiyaga ziyonsizligi, dasturiy ta’minoti yangilanishi muntazamligi va boshqa jihatlarini hakamlar chuqur o‘rganib chiqishdi. Natijada esa Samsung kompaniyasining eng ilg‘or flagmani – Galaxy S21 Ultra 5G modeli 2021 yilning eng yaxshi smartfoni, deb topildi.

Biz mazkur qurilmaning to‘liq tavsifini e’lon qilganmiz, shu boisdan unga ortiqcha to‘xtalib o‘tirishga hojat yo‘q. Faqat uning tannarxi o‘tgan yilgi Galaxy S20 Ultra 5G tannarxidan 7 foizga past ekanligini eslatib o‘tish mumkin.

O‘QING: Galaxy S21 vs iPhone 12: qaysi smartfonlar tezroq arzonlashmoqda?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!